Jahon | 15:37 / 19.11.2020
5950
2 daqiqa o‘qiladi

JSST Rossiya vaksinasining sifatini tekshiradi

Qayd etilishicha, JSST hozircha birorta ham vaksinani samarali deb e'lon qilmadi, chunki har bir vaksina dastlab Emergency Use Listing baholash tizimidan o‘tishi lozim.

Foto: EPA

“Sputnik V” koronavirusga qarshi vaksinasini ishlab chiqqan Gamaleya nomidagi markaz Jahon sog‘liqni saqlash shtab-kvartirasiga sertifikatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida ariza berdi. Bu haqda JSSTning Rossiyadagi rasmiy vakili Melita Vuynovich ma'lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, JSST hozircha birorta ham vaksinani samarali deb e'lon qilmadi, chunki har bir vaksina dastlab Emergency Use Listing baholash tizimidan o‘tishi lozim.

"Bu pandemiya vaqtida amalga oshiriladigan shartli sertifikatsiya hisoblanadi. Mamlakatdagi barcha vaksinalar ana shu sertifikatsiyadan o‘tishi lozim. “Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqaruvchilar sertifikatsiyadan o‘tkazish uchun JSST shtab-kvartirasiga ariza berdi", - dedi  Vuynovich.

 11 avgustda Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat dunyoda birinchi bo‘lib koronavirusga qarshi vaksinani ro‘yxatdan o‘tkazganligini e'lon qilgandi. U keyinroq “Sputnik V” nomini oldi.

Vaksinaning samaradorligi 92 foiz deb baholanmoqda.

Mavzuga oid