Bosh prokuratura: noqonuniy olib kirilgan kompyuter qurilmalari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tumani bo‘limi va Toshkent viloyati bojxona xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Mahkama matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda fuqaro D.I. Qozog‘iston Respublikasida yashovchi “Erlan” ismli shaxs bilan oldindan til biriktirib, xorijda ishlab chiqarilgan jami 169,3 mln. so‘mlik kompyuter qurilmalarini bojxona nazoratini chetlab o‘tgan holda olib o‘tib, Zangiota tumani Eshonguzar qo‘rg‘oni hududida fuqaro Yo.S.ga 105,0 mln. so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan D.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

14:14 / 22.02.2025
Zangiotada gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona 1,6 mlrd so‘mlik zarar keltirdi

16:38 / 07.01.2025
Xitoyning “miya-kompyuter” interfeysi fikrlarni o‘qishni o‘rgandi

23:02 / 18.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Zangiotada ochilgan 40 mln dollarlik logistika markazini borib ko‘rdi

11:38 / 25.11.2024