Davlat boji stavkalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish rejalashtirilmoqda

Foto: KUN.UZ
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994 yil, 11-son, 49-modda) bilan tasdiqlangan Davlat boji stavkalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
Davlat boji stavkalariga kiritilishi rejalashtirilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar:
1. 1-bandning “ye” kichik bandi quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldiriladi:
“Izoh: Otalikni tan olish (belgilash), bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganligi, shuningdek tug‘ilgan vaqti faktlarini aniqlash to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rganlik uchun davlat boji undirilmaydi.”.
2. 4-bandda:
“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“g) mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik, unga o‘zgartirishlar kiritganlik yoki uni bekor qilganlik uchun:
mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-xotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga tasdiqlaganlik uchun – eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
jismoniy shaxslar uchun – eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida;
yuridik shaxslar uchun yoki taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lganda – eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida;”;
“z” kichik band quyidagi mazmundagi izoh bilan to‘ldiriladi:
“Izoh. Qarz shartnomalariga o‘zgartirishlar kiritganlik yoki uni bekor qilganlik uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi;”;
“i” va “k” kichik bandlar quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“i) kafillik shartnomalarini tasdiqlaganlik, unga o‘zgartirishlar kiritganlik yoki bekor qilganlik uchun:
jismoniy shaxslar uchun – eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida;
yuridik shaxslar uchun yoki taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lganda – eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
k) korxonani boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun – eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida;”;
“l” kichik band chiqarib tashlanadi;
“n” kichik band quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“n) merosga bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berganlik uchun:
meros mol-mulki ko‘chmas mulk yoki avtomototransport vositasi bo‘lganda (har biri uchun) – eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
boshqa barcha mol-mulklar uchun – eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida.”;
“ya1” kichik bandda:
uchinchi xatboshidagi “yuridik shaxslar uchun” degan so‘zlar “yuridik shaxslar uchun yoki taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lganda” degan so‘zlar bilan almashtiriladi;
izoh quyidagi tahrirda bayon etiladi:
“Izoh. Davlat notarial idorasi binosidan tashqarida amalga oshiriladigan notarial harakatlar uchun davlat boji ikki baravar miqdorda undiriladi, bundan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari binolarida notariuslarning sayyor qabullari chog‘ida amalga oshiriladigan notarial harakatlar, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish joylaridagi yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning ishonchnomalarini notarial tartibda tasdiqlash mustasno, ushbu harakatlarni bajarish uchun joyga borish bilan bog‘liq amalda sarflangan xarajatlar to‘lanadi.
Nikoh shartnomasini va aliment to‘lash haqida kelishuvni notarial tasdiqlash, ularga o‘zgartirishlar kiritish yoki bekor qilish hamda mol-mulkni o‘zga shaxsga o‘tkazishni taqiqlab qo‘yish va taqiqni bekor qilishda davlat boji undirilmaydi.”.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
🔴 LIVE: Isroil - Eron ziddiyati: tomonlar ochiq urush boshladi
Jahon | 14:01
-
«Eronning hujumi zarurat tug‘ilgunicha davom etadi» - general Ahmad Vahidi
Jahon | 13:56
-
Parkentda gaz ta’minoti korxonasiga 999 mln so‘mlik zarar yetkazildi
O‘zbekiston | 13:33
-
YeI ukrainaliklar uchun vaqtinchalik himoyani 2027 yil martigacha uzaytirdi
Jahon | 13:18
Mavzuga oid

08:48 / 21.04.2025
Biologik faol qo‘shimchalarni bojsiz olib kirish cheklanadi

16:34 / 24.07.2018
Bojlar qurol sifatida. 2018 yilgi jahon savdo urushigacha bosib o‘tilgan yo‘l

18:55 / 07.05.2018
Hukumat chet el internet-do‘konlaridan olib kelinadigan tovarlarni tartibga solmoqchi

10:25 / 10.03.2018