Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumat chet el internet-do‘konlaridan olib kelinadigan tovarlarni tartibga solmoqchi

Foto: Flickr
Bojxona qo‘mitasi chet eldan shaxsiy foydalanish uchun boj olinmaydigan xaridlarni har chorak uchun 1000 dollar va 30 kilogramm bilan cheklab qo‘yishni taklif qilmoqda.
Bu prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi hududiga xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari jismoniy shaxslar manziliga kelayotgan tovarlarni nazorat va hisobga olishni nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi bilan nazarda tutilgan.
Qo‘mita quyidagilarni o‘rnatishni taklif qilmoqda:
• bir kishi shaxsiy foydalanish uchun har kvartalda qiymati 1000 AQSh dollari va og‘irligi 30 kilogrammgacha bo‘lgan tovarlarni boj to‘lamasdan olishi mumkin;
• 1000 dollardan oshsa, oshgan summaning 30 foizi miqdorida, 30 kilogrammdan oshganda ortiqcha har bir kilogramm uchun 5 dollar miqdorida soliq to‘lanadi;
• qiymat va og‘irlik normalaridan oshganda, har ikki punkt bo‘yicha to‘lov to‘lanadi;
Shuningdek, jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallanmagan tovarlarni olib kirishda cheklov normasi qo‘llanilmaydi va bojxona to‘lovlari belgilangan tartibda undiriladi.
Hujjatda pochta aloqasi operatorlari yoki posilkalar oluvchilariga oluvchilar va posilkalar to‘g‘risida dastlabki elektron ma'lumotni taqdim etish majburiyatini yuklash taklif etilmoqda.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
Tramp AQSh Ukrainaga qurol yetkazishda davom etishini aytdi
Jahon | 11:31 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Erdo‘g‘an muxolifatning muddatidan oldin prezidentlik saylovi o‘tkazish talabini rad etdi
Jahon | 18:55
-
Amerikaning Lucid Air elektromobili Ginnes rekordini o‘rnatdi
Fan-texnika | 18:49
-
XAEA rahbari Yevropa davlatlarini yadro quroliga ega bo‘lishga urinishdan qaytardi
Jahon | 18:48
-
Yaman sohillarida hujumga uchragan kema cho‘kib ketdi
Jahon | 18:46
Mavzuga oid

15:24 / 08.07.2025
Aholini guruch bilan ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi

10:48 / 03.07.2025
Xususiy oliy ta’lim muassasasi ochish uchun yangi talablar belgilandi

13:25 / 01.07.2025
Ichki aviareyslar uchun elektron hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin

14:49 / 24.06.2025