«Barselona» yangi bosh murabbiy izlamoqda

«Barselona» rahbariyati bosh murabbiy Ernesto Valverdega o‘rinbosar izlash ishlarini boshlab yubordi.
Football.fr xabariga ko‘ra, 54 yoshli mutaxassis Chempionlar Ligasidagi inqiroz tufayli, yozda jamoani tark etadi. Uning o‘rnini «Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte egallashi mumkin. O‘z navbatida, italiyalik mutaxassisning Londonda omadi chopmayapti va u yozda iste'foga chiqariladi.
Eslatib o‘tamiz, Valverde o‘tgan yili yozda «Barselona»ga bosh murabbiy qilib tayinlangan edi. Jamoa uning qo‘l ostida Ispaniyada oltin dubl qayd etishga yaqin turibdi.
Mavzuga oid

10:50 / 09.03.2025
«Siti» muhim o‘yinda yutqazdi, «Barselona»da fojia. Kun o‘yinlari

03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi

13:10 / 03.03.2025
«Barselona»dan yana gollar yomg‘iri, «MYu»da yana mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

11:29 / 26.02.2025