YeChLdan umid uzgan «Chelsi» va rekordchi Saloh. Angliyada tur o‘yinlari
«Tribuna» Angliya chempionatining 32-turi voqealarini sarhisob qiladi.
«Arsenal»da oson g‘alaba
«Arsenal» - «Stok Siti» - 3:0 (0:0)
Gollar: 1:0 - Obameyang (75, pen), 2:0 - Obameyang (86), 3:0 - Lyakazett (89, pen)
Londonliklar mavsum autsayderlaridan biri «Stok Siti» (19-o‘rin) bilan tengma-teng o‘yin namoyish etdi va o‘yin yakunidagi gollar evaziga yirik g‘alabaga erishdi. Obameyang va jamoa juda ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ldi, ammo o‘yindan faqat bir gol urildi, yana ikki gol penaltidan.
Qiziq tomoni Obameyang het-trik qilish imkoniyatidan voz kechdi, 89-daqiqada «kulollar» darvozasi tomon yana bir penalti belgilangandi, ammo gabonlik futbolchi fransiyalik jamoadoshi Aleksandr Lyakazettga zarbani yo‘llash imkonini taqdim etdi. Natijada, Lyakazett «Arsenal»ning joriy mavsumda 10ta gollik nuqtadan o‘tgan ilk futbolchisiga aylandi. 31 o‘yinda 10ta gol.
Obameyang ushbu o‘yinga noodatiy soch turmagida chiqdi. Uning boshining yon tomonida o‘tgan haftada olamdan o‘tgan buvisining ismi tasvirlangandi.
Konte: 8 ochkolik farq
«Chelsi» - «Tottenhem» - 1:3 (1:1)
Gollar: Morata, 30 (1:0). Eriksen, 45+1 (1:1). Alli, 62 (1:2). Alli, 66 (1:3).
32-turdan keyin keyingi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etadigan jamoalar nomi deyarli ma'lum bo‘ldi. To‘rtinchi o‘rinda ketayotgan «Tottenhem» beshinchi o‘rindagi «Chelsi»ni o‘zaro o‘yinda mag‘lubiyatga uchratib, oradagi farqni 8taga oshirdi. Yevropa Ligasida ishtirok etayotgan va chempionlik orqali YeChL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan «Arsenal»dan farqli o‘laroq «Chelsi»da yo‘llanma uchun imkon yo‘q edi, ammo «Stemford Brij»da jamoa 28 yil ichida ilk marta «shporlar»ga yutqazdi.
«Biz «Tottenhem»ga yetib olish imkoniyatini yo‘qqa chiqardik. Oldinda yana 7 o‘yin bor, biz ushbu o‘yinlarning har birida g‘alaba qozonishga harakat qilishimiz kerak. Mavsum oxirida kim qaysi o‘ringa munosibligini ko‘ramiz. Ammo unutmaslik kerakki, «Chelsi» ikki yil oldin o‘ninchi o‘rinni egallagandi. Biz muxlislarimizni ishontirishga harakat qilamiz, ammo bu hamisha qiyin ish», dedi o‘yindan keyin Konte.
Roman Abramovich nega hanuz Konteni ishdan bo‘shatmayotgani noayon qolmoqda. «Chelsi» xo‘jayini avvallari katta tovon pullari to‘lash zaruratini o‘ylamasdan ham murabbiyni ishdan bo‘shatib yuborardi, qolaversa, bu safar murabbiyning o‘zi ham ketishni istamoqda.
Salohning rekordi
«Kristal Pelas» - «Liverpul» - 1:2 (1:0
Gollar: Milivoyevich, 13 - penaltidan (1:0). Mane, 49 (1:1). Saloh, 84 (1:2).
Oy ketidan oy o‘tadi, «Liverpul» turli stadionlarda o‘ynaydi, turli jamoalar va murabbiylar ro‘baru keladi, Saloh esa gol urishda davom etadi. Misrlik futbolchining yorqin mavsumi rekordlar bilan kechmoqda. Saloh ichki chempionatda urgan gollari sonini 29taga yetkazib bo‘ldi va Shirer, Suares hamda Krishtianu Ronalduning to‘purarlik bo‘yicha rekordini takrorlashi uchun yana ikki gol qoldi. «Liverpul» futbolchisi «Chelsi» safida 2009-10 yilgi mavsumda 29 gol urib, APLning bir mavsumida eng ko‘p gol urgan afrikalik futbolchiga aylangan Dide Drogba rekordini takrorlab ulgurdi. Umuman, Saloh «Liverpul»dagi ilk mavsumida urgan gollari sonini 37taga yetkazgan.
Uning navbatdagi goli «Liverpul»ga qiyin uchrashuvda «Kristal Pelas»ni yengishiga imkon berdi. Bu Yurgen Kloppning premer-ligadagi yubiley - 100-uchrashuvi bo‘lgandi.
O‘yinning boshidayoq «qizillar» qarshi hujumni o‘tkazib yuborishdi va Karius o‘z jarima maydonida Zaaga qo‘pollik qildi. Nuqtaga liganing eng zo‘r penaltisti Milivoyevich yaqinlashib, mavsumda yettinchi marta 11 metrlik nuqtadan gol urdi, Zaa esa to‘rtinchi marta penalti ishlagandi, u bu boradagi eng yaxshilar Sterling va Kalvert-Lyuinni quvib yetdi. «Liverpul»ni yana afrikaliklar qutqarishdi, avvaliga Sadio Mane hisobni tenglashtirdi, u Angliya chempionatida 43-golini urdi va vatandoshi Dembu Baning senegalliklar uchun o‘rnatgan natijasini takrorladi.
«Manchester Siti» - chempionlikka bir qadam
«Everton» - «Manchester Siti» - 1:3 (0:3)
Gollar: Sane, 4 (0:1). Gabriel Jyezus, 12 (0:2). Sterling, 37 (0:3). Bolase, 63 (1:3).
Angliyada chempionlik masalasi hal bo‘lgan, shanba kuni Pep Gvardiola shogirdlari chempionlik sari yana bir qadam tashlashdi. «Siti» «Everton» masalasini bir bo‘limda hal qildi: Sane, Gabriel Jyezus va Sterlingning gollari «shaharliklar»ning g‘alabasini ta'minladi.
«Manchester Siti» joriy mavsumda chempionatdagi barcha 19 raqibi ustidan kamida bir marta g‘alaba qozonishga erishdi, bunday ko‘rsatkich shu vaqtgacha faqat ikki jamoa tomonidan, 2005-06 yilgi mavsumda «Chelsi», 2010-11 yilgi mavsumda «Manchester Yunayted» tomonidan qayd etilgandi.
«Man Siti» o‘yinda 82,3 foiz holatda to‘pga egalik qildi, bu APLning safar o‘yinlaridagi rekordi. Gvardiola o‘tgan mavsumdagi 0:4 hisobidagi yirik mag‘lubiyat uchun qasos oldi. Jamoa agar keyingi turda «Yunayted» ustidan ham g‘alaba qozonsa, chempionlikni nishonlaydi.
Qo‘shma matbuot anjumani
«Manchester Yunayted» - «Suonsi» - 2:0 (2:0)
Gollar: Lukaku, 5 (1:0). Sanches, 20 (2:0).
Aleksis Sanches va nihoyat mas'uliyatni o‘z zimmasiga olib, jamoasiga g‘alaba keltirdi. Uning bir goli va bir golli uzatmasi «qizil iblislar»ga «Suonsi» ustidan g‘alaba keltirdi va qimmatli 3 ochko qo‘lga kiritildi. Chililik futbolchining pasidan keyin gol urgan Lukaku uchun bu premer-ligadagi yubiley 100-gol bo‘ldi.
Mourino 20-daqiqadanoq jilmayishni boshlagandi, «Manchester Yunayted» ikki marta qarshi hujumga chiqdi, avvaliga Lukaku yubiley golini urdi, ko‘p o‘tmay Sanches Lingardning pasidan keyin «Manchester Yunayted» uchun ilk golini urdi. «Oqqushlar» ustozi tanaffusda ikki futbolchini almashtirdi, 56-daqiqadayoq majburiy o‘zgarish amalga oshirildi - jamoaning asosiy yaratuvchi futbolchisi Slukas jiddiy jarohat oldi. «Suonsi» ikkinchi bo‘limda yaxshiroq harakat qildi, ammo de Xea hammadan yaxshiroq harakat qildi va hisob o‘zgarmasdan qoldi. De Xea bu mavsumda «Manchester Yunayted» darvozasini 16 o‘yinda daxlsiz saqladi. Bu orqali faoliyatida 150ta «quruq o‘yin» o‘tkazgan ispaniyalik darvozabon Angliya rekordini o‘rnatdi.
O‘yindan keyin yaxshi kayfiyatda bo‘lgan Joze Mourino o‘z yoniga raqib jamoasi bosh murabbiyi, vatandoshi Karlush Karvalyalni ham taklif etdi. «Suonsi» murabbiyi ko‘rinishidan mag‘lubiyatdan qattiq xafa emasdi va Mourinoning taklifini rad etmadi. Bu premer-ligada keyingi ko‘p yillardagi birinchi qo‘shma matbuot anjumani bo‘ldi.
Turning boshqa o‘yinlari
«Uotford» - «Bornmut» - 2:2 (1:1).
Gollar: Kiko Femeniya, 13 (1:0). King, 43 - penalti (1:1). Pereyra, 49 (2:1). Defo, 90+2 (2:2).
«Nyukasl Yunayted» - «Haddersfild» - 1:0 (0:0).
Gol: Peres, 80.
«Vest Hem» - «Sauthempton» - 3:0 (3:0).
Gollar: Joau Mariu, 13 (1:0). Arnautovich, 17 (2:0). Arnautovich, 45+4 (3:0).
«Brayton» - «Lester» - 0:2 (0:0).
Gollar: Iborra, 83 (0:1). Vardi, 90+6 (0:2).
Aniq ijro etilmagan penalti: Marrey (B), 78 (darvozabon).
«Vest Bromvich» - «Byornli» - 1:2 (0:1).
Gollar: Barns, 22 (0:1). Vud, 73 (0:2). Rondon, 83 (1:2).
Turnir to‘purarlari
Turnir jadvali
Tavsiya etamiz
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
«Tashabbusli budjet» loyihalariga ovoz berish boshlandi
O‘zbekiston | 00:58 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
SpaceX Crew Dragon'ning XKSga startini so‘nggi daqiqada kechiktirdi
Jahon | 14:11
-
O‘zbekiston va Indoneziya dippasport egalarini viza talabidan ozod etish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi
O‘zbekiston | 14:09
-
G‘azoga zulm qilishda bardavom Isroil, Sudjani tark etgan ukrainlar va Trampdan Rossiyaga sanksiya va’dasi - kun dayjesti
Jahon | 13:46
-
London rossiyalik diplomat va diplomatning rafiqasini chiqarib yuboryapti
Jahon | 13:26
Mavzuga oid

21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi

13:53 / 10.03.2025
«Real» «Barsa»ga yetib oldi, «Roma»da g‘alabali seriya. Kun o‘yinlari

12:16 / 05.03.2025
Madrid derbisida shedevr gollar, «Arsenal»da rekord hisob. YeChLda kun o‘yinlari

12:35 / 23.02.2025