«Rossiyaga qarshi!» - Poroshenko Yevropaga koalitsiya tuzish taklifi bilan chiqdi

Foto: EADaily
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko yevropalik hamkasblariga Rossiya «tajovuzkorligi»ga qarshi koalitsiya tuzish taklifi bilan murojaat qildi. Bu haqda u feysbukdagi sahifasida yozgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Markaziy va Sharqiy Yevropa: qit'a uchun yangi kun tartibi?» sessiyasida qatnashgan va o‘z g‘oyalari hamda vaziyatga bo‘lgan munosabati bilan o‘rtoqlashgan.
«Bugun biz shunday vaziyatdamizki, Rossiya barchamizga qarshi e'lon qilinmagan urush olib bormoqda. Shuning uchun, vaziyat bunday ko‘rinishda ekanini e'tiborga olib, biz yangi koalitsiyalar, yangi dasturlar yoki yangi yondashuvlar haqida o‘ylashimiz darkor. Mening taklifim oddiy va tushunarli: bizda umumiy koalitsiya, qo‘shma javob va qo‘shma dastur bo‘lishi kerak. Bu tajovuzkorlikka qarshi turish uchun shart», - deya yozgan Poroshenko.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko «Rossiya gibridli urushi» haqida gapirgandi.
Mavzuga oid

22:13 / 14.03.2025
Xorijda ota-ona qaramog‘isiz qolgan 30 nafar bola O‘zbekistonga qaytariladi

17:12 / 14.03.2025
Rossiya Xitoy va Hindiston bilan neft savdosida kriptovalutadan foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi

17:01 / 14.03.2025
Kit Kellogg Kreml talabiga binoan Ukraina bo‘yicha muzokaralardan chetlatildi

13:53 / 14.03.2025