Rossiya Xitoy va Hindiston bilan neft savdosida kriptovalutadan foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi
Reuters manbalariga ko‘ra, Rossiyaga tegishli bitta neft treyderining kriptovalutadagi tranzaksiyasi oyiga o‘nlab million dollarni tashkil etadi.
Rossiya Xitoy va Hindiston bilan neft savdosini olib borishda G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun kriptovalutalardan foydalanmoqda. Bu haqda Reuters o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Agentlik suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning ayrim neft kompaniyalari Xitoy yuani va hind rupiysini rublga konvertatsiya qilishda bitkoin, efir va Tether kabi steyblkoinlardan foydalanmoqda. Ularning aytishicha, bu umumiy neft savdosining kichik, ammo o‘sib borayotgan qismidir.
Manbalarning tushuntirishicha, sxema quyidagicha ishlaydi: xitoylik xaridor vositachi vazifasini bajarayotgan savdo kompaniyasiga ofshor hisoblardan yuanda to‘lovni amalga oshiradi, vositachi esa ushbu pullarni kriptovalutaga konvertatsiya qiladi va boshqa hisobraqamga o‘tkazadi. U yerdan esa mablag‘lar Rossiyadagi uchinchi hisobraqamga o‘tkaziladi va rublga konvertatsiya qilinadi. Reuters suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga tegishli bitta neft treyderining kriptovalutadagi tranzaksiyasi oyiga o‘nlab million dollarni tashkil etadi.
Manbalarning ta’kidlashicha, Rossiyaga qarshi sanksiyalar olib tashlangan taqdirda ham, neft savdosida kriptovalutadan foydalanish davom etishi mumkin — bu operatsiyalarni tezroq amalga oshirish imkonini beradigan qulay vosita.
Reutersʼning qayd etishicha, Rossiyada kriptovalutadan foydalanish rag‘batlantirilishi va 2024 yil yozda kriptovalutadan xalqaro savdolar uchun to‘lovlarni amalga oshirishda ruxsat berilgan bo‘lsa-da, undan neft savdosidan foydalanilayotgani haqida endi ma’lum bo‘lmoqda.
Mavzuga oid

11:46 / 20.05.2025
YeI Rossiya nefti narxini 50 dollargacha tushirishni taklif qilmoqda

20:26 / 15.05.2025
Kriptofiribgarlar Telegram orqali 27 mlrd dollar pul yuvgani ma’lum bo‘ldi

08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi

17:02 / 12.05.2025