Shov-shuvga aylangan pullar Toshkentdan emas, Ekvadordan topilgan

Qabristondan topilgan pullar Toshkentdan ham emas, Nigeriyadan ham emas, balki Ekvadordan topilgani ma'lum bo‘ldi. Katta qiymatdagi pullar aynan Ekvadordan topilgani haqida The Republican News nashri xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bu suratlar anchayin shov-shuvga sabab bo‘lgandi. Ko‘plab foydalanuvchilar bu pullar O‘zbekistonda, garaj ichidan topilganini ta'kidlashgan edi. Biroq barcha shov-shuvlar va tasdiqlar “soxta” xabarligicha qoldi.
Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan brifingda ana shu mish-mishlarga oydinlik kiritilgan, boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev mazkur surat fotomontaj ekanligi, Toshkentda bunday holat aniqlanmaganligini ma'lum qilgandi.
Bu pullar nafaqat O‘zbekiston, balki Nigeriyada ham “mashhur” bo‘lib ketdi. Sababi, Nigeriyaning Iqtisodiy va moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish bo‘limi xodimlarining rasmini fotoshop yordamida kesib olib, pullar topilgan qabriston suratini joylagan. Natijada, internet bo‘ylab "12 million dollar Nigeriyadan topildi", degan xabarlar ommalashib ketgandi.
Aslida esa bu pullar Ekvador politsiyasining xalqaro giyohvand moddalar oldi-sotdisini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirgan maxsus operatsiyasi natijasida topilgan. Bu haqida Ekvador politsiyasi o‘zining rasmiy tvitter sahifasida ham xabar bergan.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qaysi sohada tijorat korxonalari ko‘proq faoliyat yuritmoqda?
Iqtisodiyot | 09:03
-
Portugaliya Millatlar ligasi finalida Ispaniyani mag‘lub etdi
Sport | 08:41
-
O‘zbekistonliklar turistik maqsadda eng ko‘p qaysi davlatlarga chiqmoqda?
O‘zbekiston | 08:20
-
Kaliforniya rasmiylari Trampdan Milliy gvardiyani chaqirib olishni talab qildi
Jahon | 08:00
Mavzuga oid

13:35 / 14.04.2025
Ekvadorning amaldagi prezidenti saylovlarda g‘alaba qozondi

21:10 / 29.03.2025
AQSh qo‘shinlari jinoiy to‘dalar tufayli Ekvadorga kiritilishi mumkin

16:00 / 20.02.2025
AQSh Lotin Amerikasidagi 8 ta kartelni terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritdi

17:25 / 06.12.2024