AQSh qo‘shinlari jinoiy to‘dalar tufayli Ekvadorga kiritilishi mumkin
Mamlakat prezidenti narkokartellarga qarshi kurashda xorijliklar yordamiga umid qilmoqda.

Foto: Alex Platt/CNN
Ekvador AQSh qo‘shinlarining kiritilishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar berdi CNN yuqori martabali mulozimga tayanib. Janubiy Amerikaning ushbu davlati prezidenti Daniel Noboa amerikalik hamkasbi Donald Trampni jinoiy to‘dalarga qarshi kurashda yordam berishga chaqirdi.
Manbaning aytishicha, bu tayyorgarlikning bir qismi Manabi provinsiyasining qirg‘oq bo‘yidagi Manta shahrida amerikalik askarlarni joylashtirish uchun yangi harbiy-dengiz inshootini qurishdir.
«U baza oxir-oqibat AQSh qo‘shinlari tomonidan egallanishi kutilmoqda», dedi rasmiy.
Qurilish rejalariga ko‘ra, Ekvador Mudofaa vazirligi Manta port ma’muriyati bilan 150 metrlik pirs qurish va portni 700 kvadrat metrdan ortiqroq kengaytirish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Imzolash jarayonida AQSh vakili ishtirok etdi, dedi Ekvador rasmiysi.
Avvalroq, Ekvador prezidenti Noboa AQSh, Yevropa va Braziliya armiyalari jinoiy to‘dalarga qarshi kurashga qo‘shilishlarini istayotganini aytgan edi. U, shuningdek, Amerika prezidenti Meksika va Venesuela kartellari bilan qilganidek, Ekvador to‘dalarini terrorchi tashkilotlar deb belgilashiga umid qilmoqda.
«Agar u Los Lobos, Los Choneros, Los Tigeronesni terrorchi tashkilotlar deb tan olsa, xursand bo‘lardim, chunki ular aslida shunday», dedi Noboa.
So‘nggi yillarda Ekvadorda jinoiy to‘dalar giyohvand moddalar savdosi yo‘llarini nazorat qilish uchun kurashayotgani sababli zo‘ravonlik keskin oshdi. Noboa so‘zlariga ko‘ra, kokainning 70 foizi Ekvadordan o‘tadi. «Biz xalqaro kuchlarning yordamiga muhtojmiz», deb tan oldi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, jinoiy to‘dalar 14 ming nafar qurolli kishidan iborat «xalqaro narkoterrorchi» guruhlarga aylangan.
Kartellarga qarshi kurash 13 aprel kuni Ekvadorda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichi oldidan asosiy masala. Uning raqibi «Fuqarolar inqilobi» so‘l harakati nomzodi Luiza Gonsales bo‘lib, u mamlakatda har qanday xorijiy kuchlarning joylashtirilishiga qarshi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda elektr uzilishlari ko‘paydi. HET buni “qishga tayyorgarlik” bilan izohladi
O‘zbekiston | 15:51
-
YUNISEF: Ukrainada tobora ko‘proq bolalar urush qurboniga aylanmoqda
Jahon | 15:44
-
May oyida O‘zbekistonga 1,1 mlndan ortiq sayyoh tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 15:43
-
Hayot Bank Toshkentda yangi bank xizmatlari markazini ochdi
O‘zbekiston | 14:59
Mavzuga oid

12:45
NBC: AQShdagi tekshiruvda qurol-yarog‘ taqchilligi aniqlanmadi

11:20
Tramp: Putin AQShning yangi sanksiyalari tahdididan xavotirda

11:07
AQSh Suriya bilan bog‘liq terrorchilik tuzilmalari ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqadi

10:20