Ilhom Aliyev 55 yoshini nishonlamoqda

Foto: © RIA Novosti
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 55 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan mamlakat rahbariga ko‘plab davlat yetakchilari samimiy qutlovlar yo‘llashdi.
Aliyev mamlakat rahbari lavozimiga 13 yil avval, o‘z otasi – Haydar Aliyevning o‘rniga kelgandi. Shundan so‘ng ozar xalqi unga yana ikki bor ishonch bildirgan.
U 42 yoshida prezident bo‘lgach, o‘z otasi Haydar Aliyevning ishini davom ettirib, mustaqil Ozarboyjonni yanada rivojlantirdi hamda erkin iqtisodiyotga ega bo‘lgan zamonaviy davlatga aylantirdi. Poytaxt Boku esa superzamonaviy shaharga aylandi.
Xalqaro kuzatuvchilarning fikricha, uning prezidentligi davrida mamlakatning siyosiy hayoti barqarorlashdi. Ilhom Aliyevning birinchi prezidentlik muddatidayoq asosiy eksport quvurlari ishga tushirildi. Shuningdek, mamlakatda bu davrda iqtisodiy o‘sish ham kuzatilgan – 2003-2010 yillarda 840 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi, qashshoqlikning rasmiy darajasi – 45 foizdan 11 ga tushdi. Mamlakatning neftga boyligi ham bunga ta'sir ko‘rsatdi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, 2015 yilda mamlakat iqtisodiyotidagi neft sanoati hajmi 30 foizni tashkil etgan.
Ma'lumot uchun, Ilhom Aliyev 1961 yilning 24 dekabr kuni Boku shahrida tavallud topgan. U Moskva Davlat xalqaro aloqalar institutini bitirgan bo‘lib, uch farzandning otasi sanaladi: Haydar, Orzu va Laylo.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Chirchiqda ushlangan shaxsning uyidan qariyb 20 ming dona kuchli ta’sir qiluvchi dori topildi
Jamiyat | 12:46
-
Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
Jamiyat | 12:10
-
Emmanuel Makron Yevropaga «yadroviy qalqon» taklif etdi
Jahon | 12:00
-
Chegara mojarosiga nuqta, Wizz air'dan norozi turkman va Dushanbeda sovet askari stellasi – Markaziy Osiyo hafta ichida
Jahon | 11:43
Mavzuga oid

20:21 / 13.03.2025
Armaniston va Ozarboyjon tinchlik bitimi loyihasini kelishib oldi

16:22 / 27.02.2025
Xo‘jali genotsidi - insoniyat tarixidagi qonli sahifa

14:07 / 25.02.2025
Ozarboyjon «Rossiya segodnya» va BBC vakolatxonalarini yopdi

15:30 / 20.02.2025