Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi
Aniqlangan holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Toshkent shahri Sergeli tumanida va Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida energiya resurslaridan noqonuniy foydalangan shaxslar aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Sergeli tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tadbirkor B.T. va boshqalar “A.S.” MChJga ijaraga bergan binosini tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi tarmoqqa yashirincha ulab, jami 289 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Qumqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tumandagi “J.F.” fermer xo‘jaligi rahbari F.A. umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga suv nasoslarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 186,1 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid

16:14 / 15.03.2025
O‘zbekiston Rossiya bilan JSTga a’zolik yo‘lidagi “hal etilmagan masalalar”ni muhokama qildi

12:23 / 13.03.2025
Toshkentda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan o‘qituvchi 5 sutkaga qamaldi

16:47 / 03.03.2025
Elektr va gaz uchun ijtimoiy limit qayta ko‘rib chiqilishi kerak

15:24 / 28.02.2025