Putin Rossiyaning eng yuqori tashkilotlaridagi qator amaldorlarni ishdan bo‘shatdi

Foto: Kommersant
Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat rahbari ishlar boshqarmasi, Federal xavfsizlik xizmati, Mudofaa vazirligi va Ichki ishlar vazirligining qator xodimlarini vazifasidan ozod etdi, deb xabar bermoqda Kreml matbuot xizmati.
Unga ko‘ra, FXXda boshqarma boshlig‘i, prezident ishlari boshqarmasi bo‘limi rahbar o‘rinbosari, Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy bosh boshqarmasi rahbari va Ichki ishlar vazirligi tergov departamenti boshlig‘i hamda vazir o‘rinbosari bo‘lgan amaldor ishdan bo‘shatildi.
Bunday kadrlar almashinuvi bu davlat xizmatchilarining Rossiya fanlar akademiyasiga saylanishi bilan bog‘liq, deb vaziyatga oydinlik kiritgan prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Mavzuga oid

17:12
Rossiya Xitoy va Hindiston bilan neft savdosida kriptovalutadan foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi

17:01
Kit Kellogg Kreml talabiga binoan Ukraina bo‘yicha muzokaralardan chetlatildi

13:53
Zelenskiy: Rossiya urushni davom ettirishga intilyapti

13:52