O‘zbekiston | 14:00 / 11.07.2025
2664
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi yirik chorrahada harakat uch kunga cheklanadi

Yakkasaroy tumanidagi Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasidagi chorrahada harakat vaqtincha cheklanadi.

2025 yil 11 iyul soat 22:00 dan 14 iyul soat 06:00 gacha Yakkasaroy tumani Bratislava, Glinka va Shota Rustaveli ko‘chalari kesishmasidagi chorrahada qurilish-montaj ishlari olib boriladi.

Shu sababli quyidagi cheklovlar amal qiladi:

— Bratislava yoki Glinka ko‘chalari yo‘nalishida harakatlangan transport vositalari uchun chorrahada to‘g‘riga va chapga o‘tish yopiladi, faqat o‘ngga burilish mumkin;
— Shota Rustaveli ko‘chasi yo‘nalishida chorraha orqali faqat to‘g‘riga va o‘ngga harakatlanish mumkin.

Mavzuga oid