Toshkentda yong‘in oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu oxirgi haftadagi uchinchi yirik yong‘in
Yakkasaroy kichik sanoat zonasi hududidagi sintepon ishlab chiqarish sexida yuz bergan yong‘indan so‘ng ikki kishining jasadi topilgan. 5 kishi jarohat bilan shifoxonaga yuborildi.

Foto: Videodan kadr
Bugun, 1 may kuni Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Qo‘shbegi ko‘chasida joylashgan Yakkasaroy kichik sanoat zonasi hududidagi Sintepon ishlab chiqarish sexida yong‘in ro‘y bergan.
Bu haqda soat 07:01 da FVBga xabar tushgan. Shunga ko‘ra, yong‘in -qutqaruv ekipajlari soat 07:04 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in 07:45 da o‘rab olingan va soat 08:09 da o‘chirilgan.
FVV ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in bartaraf etilgandan so‘ng, joyni o‘rganish davomida ikki nafar fuqaroning jasadlari aniqlangan. Shuningdek, 5 nafar fuqaro tan jarohati bilan shifoxonaga yuborilgan.
Yong‘in ishlab chiqarishda texnologik jarayon buzilishi natijasida yuzaga kelgani taxmin qilinmoqda. Yong‘inni bartaraf etishga 11 ta asosiy, 6 ta maxsus turdagi yong‘in o‘chirish texnikalari jalb etilgan. Yong‘in natijasida sexning taxminan 700 kv.m maydonda tomi, shifti va mahsulotlari yonib zararlangan.
Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Voqea joyiga FVV rahbariyati, Toshkent shahar FVB boshlig‘i va tuman FVB rahbar xodimlari IIB, SSB, prokuratura mas’ul xodimlari chiqishgan.
Kun.uz muxbiri suhbatlashgan hodisa guvohlariga ko‘ra, yong‘in sodir bo‘lishidan oldin sexda kuchli portlash sodir bo‘lgan. Bunda gaz ballon portlagan bo‘lishi mumkin. Oqibatda sexning tom qismi qulab tushgan.
Marhumlar bu paytda sexning yerto‘lasida bo‘lgan. Ulardan biri 2000 yilda Qashqadaryoda, yana biri esa 1986 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Halok bo‘lganlarning tanasi 80-90 foiz kuygan.
Ma’lumot uchun, bu – poytaxtda so‘nggi kunlarda sodir bo‘lgan uchinchi yirik yong‘in.
Xususan, 28 aprel kuni Mirobod tumani «Abdurauf Fitrat» MFY G.Aliyev ko‘chasida joylashgan qurilish mahsulotlari saqlanayotgan omborxonalarning birida yong‘in sodir bo‘lgan edi. 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga yetib borib, uni bartaraf qilgan.
26 aprel kuni esa Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi gilam do‘konida yirik yong‘in yuzaga keldi. Yong‘in oqibatida paydo bo‘lgan qora tutunlar butun Toshkent shahridan ko‘ringan edi. FVV 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga yetib borib, uni bartaraf qilganini ma’lum qilgan. Rasmiylarga ko‘ra, ushbu ikkala holatda ham vafot etganlar yoki jarohat olganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Tavsiya etamiz
“Sirtqi ta’lim yopilsa, hech narsa yo‘qotmaymiz” – mutaxassislar bilan suhbat
O‘zbekiston | 15:26 / 19.05.2025
Trampni siylagan arablar, muzlatilgan savdo urushi va amalga oshmagan “duel” - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 16:04 / 17.05.2025
Tahdid va tarix haqida va’z: Istanbul muzokaralarida nimalar deyishdi?
Jahon | 13:33 / 17.05.2025
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kursklik amaldor Putindan Sumi oblastini bosib olishni so‘radi
Jahon | 15:13
-
Moskva chet elliklarni urushga qanday jalb qilmoqda? Fuqaroligini yo‘qotgan misrlik yollanma askar hikoyasi
Jahon | 14:56
-
Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi tasdiqlandi
O‘zbekiston | 14:52
-
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
Jahon | 14:45
Mavzuga oid

19:45 / 21.05.2025
Toshkentning 4 ta tumanida issiq suv ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi

23:56 / 20.05.2025
IIB xodimini pichoqlagan shaxsni qo‘lga olishda yordam bergan fuqaro 10 mln so‘m bilan taqdirlandi

20:52 / 20.05.2025
«Credit House» ishida 182 mlrd so‘m zarar aniqlandi

20:24 / 20.05.2025