Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadada Yerdagi eng qadimiy toshlar topildi
Tadqiqot davomida ushbu tog‘ jinslari 4,16 mlrd yil oldin paydo bo‘lgani tasdiqlandi. Bu Yer yuzidagi hozirgacha ma’lum bo‘lgan eng qadimiy toshlar hisoblanadi.

Foto: David Hutt via Alamy
Ottava universiteti olimlari Kvebek provinsiyasidagi Nuvvuagittuk yashil toshli kamarining qoyali qatlamlari yoshini tasdiqlashga muvaffaq bo‘ldi. Tadqiqot natijalari Science ilmiy jurnalida e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, ikki xil radioizotopli yosh aniqlash usuli bir xil natijani ko‘rsatgan — 4,16 milliard yil. Bu esa ularni Yer yuzida hozirgacha ma’lum bo‘lgan eng qadimiy tog‘ jinslari sifatida tasdiqlaydi.
Mazkur kashfiyot uzoq yillik ilmiy bahslarga chek qo‘ydi. Shu paytgacha ushbu tog‘ jinslarining yoshi 3,8—4,3 milliard yil oralig‘ida baholab kelingan. Yangi ma’lumotlar Nuvvuagittuk jinslari Kanada shimoli-g‘arbidagi mashhur Akasta tog‘ jinslaridan ham kattaroq ekanini tasdiqladi.
«Ushbu tog‘ jinslari — haqiqiy vaqt kapsulasi. Ular bizga sayyoramiz qaynab turgan magma okeanidan shakllanayotgan davrga — Yerning ilk paydo bo‘lish bosqichiga nazar tashlash imkonini beradi», — deya tushuntiradi tadqiqot rahbari Jonatan O’Nil.
Qadimiy tog‘ jinslarini o‘rganish olimlarga yosh Yerda hukm surgan sharoitlarni, ilk tektonik plitalarning shakllanish jarayonlarini hamda hayotning paydo bo‘lishiga olib kelgan ehtimoliy mexanizmlarni tushunish uchun muhim kalit beradi.
Ammo keyingi tadqiqotlar kutilmagan to‘siqlarga duch keldi. Mahalliy inuitlar jamoasi vandalizm holatlari va tog‘ jinsi parchalarining noqonuniy ravishda internetda sotilishi sababli namuna olishni vaqtincha taqiqlab qo‘ydi.
Tavsiya etamiz
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston va Pokiston o‘zaro savdo hajmini 2 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Iqtisodiyot | 08:22
-
Tehronda AQSh manfaatlarini ifodalovchi Shveytsariya dipmissiyasi qayta ochildi
Jahon | 08:03
-
O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasi faxriy maslahatchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 07:51
-
Putin G‘arbni «Rossiyaga qarshi siyosat»ni davom ettirmaslik haqida ogohlantirdi
Jahon | 07:48
Mavzuga oid

14:52 / 28.06.2025
Raqamli xizmatlar solig‘i – AQSh va Kanada o‘rtasida yangi savdo urushi xavfi yuzaga keldi

11:35 / 28.06.2025
AQSh Kanada bilan barcha savdo muzokaralarini to‘xtatdi

10:27 / 19.06.2025
Kanada Chubays va Putinning sobiq xotiniga qarshi sanksiyalar kiritdi

01:29 / 18.06.2025