Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Kanada bilan barcha savdo muzokaralarini to‘xtatdi
Donald Tramp Kanada yetti kun ichida Qo‘shma Shtatlar bilan biznes olib borish uchun to‘lashi kerak bo‘lgan soliqdan xabardor qilinishini bildirdi.

Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘iga «Kanada bilan barcha savdo muhokamlarini» to‘xtatishini va ushbu qaror zudlik bilan kuchga kirishini ma’lum qildi.
«Biz keyingi yetti kun ichida Kanadani Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan biznes olib borish uchun to‘lashlari kerak bo‘lgan bojdan xabardor qilamiz», — deb yozadi AQSh prezidenti.
Trampning bayonotidan ayon bo‘lishicha, uning qarori Kanada hukumati tomonidan Amerika kompaniyalarining raqamli xizmatlariga nisbatan joriy etilgan «qo‘pol solig‘iga» javoban qabul qilingan.
«Kanada — savdo olib borish juda qiyin bo‘lgan mamlakat, xususan, ular yillar davomida fermerlarimizda sut mahsulotlari uchun 400 foizgacha boj undirgan — endi Amerika texnologik kompaniyalari uchun raqamli soliq joriy etmoqda. Bu bizning mamlakatimizga to‘g‘ridan to‘g‘ri va surbetlarcha hujum», — deb yozadi u.
19 iyun kuni Kanada moliya vaziri Fransua-Filipp Shampan AQSh kompaniyalarining raqamli xizmatlarini soliqqa tortish kechiktirilmasligi va 30 iyunda kuchga kirishini ma’lum qilgan edi. Soliq Kanada foydalanuvchilari uchun taqdim etilgan raqamli xizmatdan tushadigan yillik daromadning 3 foizini tashkil etadi.
Savdo bojlari Amerika iqtisodiyotiga 50-60 milliard dollar daromad olib kelgan. 28 may kuni AQSh xalqaro savdo bo‘yicha federal sudi prezident Trampning Xitoy, Kanada va Meksikaga nisbatan joriy etgan bojlarini noqonuniy deb topgandi. Keyinroq AQSh Apellyatsiya sudi ushbu qarorni rad etdi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
O‘zbekistonga 3 mlndan ortiq chet el fuqarosi turistik maqsadlarda keldi
O‘zbekiston | 12:33
-
Chilonzorda yong‘in oqibatida "Lasetti" va "Spark" avtomobillari zarar ko‘rdi
Jamiyat | 12:32
-
Ukrainada Germaniya hisobidan uzoq masofali raketalar ishlab chiqariladi
Jahon | 12:30
Mavzuga oid

08:17
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar qachon joriy etilishini aytdi

19:55 / 11.07.2025
Sud Trampning tug‘ilish holati bo‘yicha AQSh fuqaroligini berishni cheklashga oid farmonini blokladi

14:49 / 11.07.2025
Tramp Rossiya bo‘yicha «muhim bayonot» berishini aytdi

14:46 / 11.07.2025