O‘zbekiston | 12:46 / 28.06.2025
15337
1 daqiqa o‘qiladi

Boysunda metan-zapravkada Nexia portlab ketdi. Qurbon bor

Mashina gaz to‘ldirilayotganda portlagan. Buning oqibatida bir kishi og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan. Mashina esa bir uyum temirga aylanib qolgan.

Foto: Videodan kadr

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi metan shoxobchada Nexia mashinasida chaqnash sodir bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha hodisa bugun, 28 iyun kuni soat 7:15 lar atrofida sodir bo‘lgan. Nexia mashinasi haydovchisi metan-zapravkaga gaz to‘ldirish maqsadida kirgan. Gaz to‘ldirish jarayonida mashina portlab ketgan. Buning oqibatida bir kishi og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhalarda ko‘rinishicha, portlash oqibatida mashinaning tom va orqa qismi yo‘q bo‘lib ketgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Hozircha hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmadi. 

Mavzuga oid