Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQSh Ukrainaga qurol yetkazishda davom etishini aytdi
Ukraina Rossiya Federatsiyasining kuchli zarbalaridan o‘zini himoya qila olishi kerak, dedi Tramp.

Foto: Ken Cedeno/Pool/Sipa USA/picture alliance
AQSh prezidenti Donald Tramp dushanba kuni hech qanday tafsilotlarni keltirmasdan Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga qurollarning yangi partiyalarini yuborishi haqida gapirdi. Pentagon esa darhol qurollarni jo‘natish allaqachon boshlangani haqida e’lon qildi.
«U to‘xtamayotganidan hafsalam pir bo‘ldi. Biz ularga yana ko‘proq qurol yubormoqchimiz. Biz buni qilishimiz kerak. Ular o‘zlarini himoya qila olishi kerak. Ularga hozir juda qattiq zarba berishyapti. Biz yana qurol-yarog‘ yuborishimizga to‘g‘ri keladi, ha, asosan mudofaa xarakteridagi qurol-yarog‘lar. Lekin ularga juda, juda qattiq zarba berishadi. Bu to‘s-to‘polonda shuncha odam halok bo‘lmoqda», – dedi Donald Tramp Oq uyda jurnalistlarga. Nashrlar xabar berishicha, u Putinning xatti-harakatlaridan norozi ekanini takrorlagan.
Tramp yangi yordam haqida batafsil gapirmadi: bu Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan kechki ovqat oldidan turli mavzulardagi qisqa savol-javoblar edi.
«Prezident Trampning ko‘rsatmasi bilan mudofaa vazirligi Ukrainaga qo‘shimcha mudofaa qurollarini yuboradi, shunda ukrainaliklar biz barqaror tinchlikka erishish uchun ishlayotganimizda o‘zlarini himoya qilishlari mumkin bo‘ladi», – deyiladi Pentagon matbuot kotibi Shon Parnellning Tramp bayonotidan ko‘p o‘tmay vazirlik saytida paydo bo‘lgan bayonotida.
Bu qanday qurol ekaniga Parnell aniqlik kiritmadi.
AQSh harbiy idorasi matbuot kotibi bir vaqtning o‘zida butun dunyo bo‘ylab AQSh harbiy yordamini tekshirish davom etayotganini ta’kidladi. Amerika rasmiylari Ukrainaga harbiy yordam to‘xtatilishini shunday tekshiruv bilan izohlagandi.
O‘tgan hafta avvaliga OAVda, keyin rasmiy manbalarda Pentagon Ukrainaga qurol-yarog‘ yuborishni to‘xtatgani ma’lum bo‘lgandi.
2 iyul kuni g‘arbdagi nishrlar Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga o‘q-dorilar, jumladan Patriot tizimi uchun tutuvchi raketalar, Stinger ko‘chma zenit-raketa tizimlari, NASAMS havo hujumidan mudofaa tizimi va F-16 qiruvchi samolyotlari uchun raketalar yetkazib berishni qisman to‘xtatgani haqida xabar berdi. Mutaxassislar bu Ukraina qurolli kuchlarining Rossiyaning kuchayib borayotgan havo hujumlarini qaytarish qobiliyatiga o‘ta zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlagandi.
7 iyul kuni Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt Ukrainaga yetkazib berishdagi to‘xtalish Qo‘shma Shtatlar butun dunyo bo‘ylab harbiy ta’minot strategiyasini qayta ko‘rib chiqayotgani bilan bog‘liqligini aytdi.
«Bu Pentagon tomonidan nafaqat Ukrainaga, balki dunyoning barcha mamlakatlari va mintaqalariga ko‘rsatilayotgan barcha qurollar, barcha yordam bo‘yicha standart tekshiruvdir», – dedi Levitt brifingda va tekshiruv AQSh mudofaa vaziri Pit Hegsetning topshirig‘i bilan amalga oshirilayotganini tasdiqladi.
«Pentagon yuborgan barcha narsalar armiyamiz manfaatlariga mos kelishiga ishonch hosil qilish uchun tahlil qilish maqsadida pauza qilindi», – deya qo‘shimcha qilgandi Levitt.
Politico nashri dushanba kuni kechqurun rasmiy doiradagi anonim manbasiga tayanib, Qo‘shma Shtatlarning Ukrainaga ayrim turdagi texnikalarni yetkazib berishi Trampning maxsus elchisi Kit Kellogg va Ukraina mudofaa vaziri Rustem Umerov o‘rtasida shu va keyingi haftada o‘tkaziladigan bir necha uchrashuvdan keyin qayta tiklanishi mumkinligini xabar qilgandi.
Nashr maqolasida gap faqat bir necha turdagi texnikalar haqida gap ketgandi: nashr suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, AQSh Ukrainaga muhandislik texnikalari va «ayrim zirhli mashinalar» yetkazib berilishi tez orada qayta tiklanishini ma’lum qilgan, ammo aniq muddat keltirilmagan.
Kit Kellog va Rustem Umerov shu hafta Rimda Ukrainaga yordam ko‘rsatish masalasiga bag‘ishlangan konferensiyada, keyin esa keyingi hafta Kiyevda ikki bor uchrashishi rejalashtirilgan.
4 iyul kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy telefon orqali Donald Tramp bilan muloqot qildi va suhbat «juda muhim va foydali» bo‘lganini aytdi.
Zelenskiy ijtimoiy tarmoqlarda Tramp bilan Rossiyaning dron va raketa zarbalarini muhokama qilgani hamda Ukraina va AQSh «osmon himoyasini kuchaytirish ustida ishlashi» bo‘yicha kelishib olgani haqida yozdi.
Bundan tashqari, Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, u Tramp bilan harbiy qurollarni birgalikda ishlab chiqarish imkoniyatlarini batafsil muhokama qilgan.
Zelenskiy bilan suhbatdan bir kun oldin Tramp Vladimir Putinga qo‘ng‘iroq qilgan va ko‘p o‘tmay bu suhbatdan juda norozi bo‘lganini aytgandi.
«Shunchaki u oxirigacha borishni va shunchaki o‘ldirishda davom etishni xohlayotganga o‘xshaydi», – deb nolidi Tramp. U ilgari bir necha bor Putin tinchlik istayotganiga ishonch bildirgandi.
Zelenskiy bilan suhbatni esa Tramp bu safar samarali deb atadi va jurnalistlarning AQSh Patriot zenit tizimlariga raketalar yetkazib berishni qayta tiklaydimi, degan savoliga shunday javob qaytardi: «Ha, bo‘lishi mumkin».
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38
-
Kechki va masofaviy ta’lim shakliga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan idoralar tasdiqlandi
Ta’lim | 21:40
Mavzuga oid

20:02
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

19:00
Amerika vizasini olish nafaqat qiyin, endi qimmat ham

18:40
Rossiya va Ukraina Putin va Zelenskiy uchrashuvi haqida kelishib oldi – Turkiya TIV

18:34