Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropaning eng yirik porti Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda – OAV
Rotterdam porti NATO yuklarini tashiyotgan va harbiy mashg‘ulotlarni rejalashtirayotgan kemalar uchun joy ajratishni boshladi.

Foto: Bloomberg
Yevropaning eng yirik porti Rotterdam (Niderlandiya) Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorgarlik ko‘rmoqda, harbiy yuk tashuvchi kemalar uchun joy ajratmoqda va mojaro kelib chiqsa, yuklarni qayerga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda.
Rotterdam porti ma’muriyati ijrochi direktori Budeveyn Simmons Financial Times nashriga ma’lum qilishicha, port Britaniya, Amerika va Kanada transport vositalari va yuklari kelgan taqdirda qo‘shni Antverpen bilan harakatlarni muvofiqlashtiradi.
May oyi boshida Niderlandiya Mudofaa vazirligi Rotterdam portidan NATO talabiga binoan harbiy yuklarni olib ketayotgan kemalar uchun joy ajratilishini e’lon qilgan edi. Simmonsning so‘zlariga ko‘ra, bir yoki bir nechta kema portda bir necha haftaga, yiliga to‘rt yoki besh marta to‘xtaydi. Bundan tashqari, harbiy mashg‘ulotlar yiliga bir necha marta o‘tkaziladi.
Rotterdam portining uzunligi 42 km. U yiliga taxminan 436 million tonna yukni qabul qiladi yoki jo‘natadi. Germaniya va Yevropaning ichki qismidan dengiz orqali 28 mingta kema va daryo orqali 91 mingta kemani qabul qiladi. Port, xususan, 2003 yildagi Fors ko‘rfazi urushi davrida qurol-yarog‘ bilan ishlash tajribasiga ega, ammo hatto Sovuq urush davrida ham ular uchun maxsus joy yo‘q edi.
Qo‘shni Antverpen esa Yevropada joylashgan AQSh qo‘shinlari uchun muntazam ravishda ta’minot olib turadi. U yiliga 240 million tonna yukni qabul qiladi/jo‘natadi. Bu uni Yevropa Ittifoqidagi ikkinchi yirik portga aylantirgan.
Simmons, shuningdek, Yevropa davlatlarini neft kabi muhim xomashyolarni zaxiralashga chaqirdi.
«Biz mis, litiy, grafit va boshqa bir qator muhim xomashyolar bilan ham shunday qilishimiz kerak», dedi u va yaxshi tarmoqlariga ega portlar atrofidagi joylar bunday zaxiralar uchun mos ekanini qo‘shimcha qildi.
Avvalroq, NATO bosh kotibi Mark Ryutte Rossiya 5-7 yil ichida Estoniyaga hujum qilishi mumkinligidan ogohlantirdi. Shu bilan birga, u alyansda «bunga qarshi barcha rejalar borligini» ta’kidladi.
Shuningdek, Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto Rossiya besh yil ichida NATO uchun bevosita tahdidga aylanishi mumkinligini aytdi.
Shuningdek, Politico nashri Rossiya bilan chegaradosh Yevropa davlatlari o‘z shifoxonalarini urushga tayyorlayotgani haqida yozdi.
Tavsiya etamiz
Yangi O‘zbekistonda daraxtlar suvsizlikdan qurib boryapti
O‘zbekiston | 15:21 / 02.08.2025
Toshkentdan Chorvoqqa yangi avtomobil yo‘li quriladi
O‘zbekiston | 10:44 / 02.08.2025
Voyaga yetmagan shaxs «sudlanmagan» deb hisoblanishi belgilanmoqda
O‘zbekiston | 23:00 / 01.08.2025
Andijonda alimentdan qochib yurgan erkak hiyla bilan tuzoqqa tushirildi
Jamiyat | 22:24 / 01.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Novosibirskda mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga olib kelindi
Jamiyat | 08:30
-
YeI sudi xavfsiz mamlakatlar ro‘yxati uchun cheklov o‘rnatadi
Jahon | 08:09
-
Qurilish obektlarida QR kodli pasport o‘rnatiladi
Ko‘chmas mulk | 07:58
-
Multimilliarder Timchenko Yevroittifoq sanksiyalarini oldirib tashlolmadi
Jahon | 07:48
Mavzuga oid

08:51
Putin yuz minglab qo‘riqchilarga qurol tarqatishni buyurdi

07:26
Hindiston qirg‘oqlarida Rossiya nefti yuklangan tankerlar harakatsiz turibdi

07:09
Rossiyalik hakerlar o‘zini "Kasperskiy laboratoriyasi" sifatida ko‘rsatgan

19:50 / 03.08.2025