Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Dneprga hujumi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi
24 iyun kuni Dnepr shahriga ballistik raketalar bilan qilingan hujum oqibatida 18 kishi, qo‘shni Samar shahrida esa 2 kishi qurbon bo‘ldi. Viloyat ma’muriyatiga ko‘ra, deyarli 300 kishi jabrlangan. Ular orasida poyezd yo‘lovchilari ham bor. Rossiya tomoni hujumga izoh bermadi.

Foto: Ukraina favqulodda vaziyatlar xizmati
Rossiya 24 iyun kuni Ukrainaning Dnepr shahriga yo‘llagan ballistik raketa zarbalari oqibatida halok bo‘lganlar soni 18 kishiga yetdi. Dneprga qo‘shni Samar shahrida yana 2 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Dnepropetrovsk viloyati harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Lisak ma’lum qildi.
“Hujumlar sabab umumiy hisobda deyarli 300 kishi jabrlandi”, – deya yozdi Lisak Telegram-kanalida.
Dnepr shahrida ko‘plab vayronagarchiliklar qayd etilgan. Portlash to‘lqini Odessadan Zaporijjyaga ketayotgan yo‘lovchi poyezdiga ham zarar yetkazgan.
“Infratuzilma, ta’lim va tibbiyot maskanlari, ma’muriy binolar va favqulodda vaziyatlar xizmati inshootlari, yo‘lovchi poyezdi. 46 ta ko‘p qavatli uy, 41 ta xususiy uy, bir nechta yotoqxonalar, yuzdan ortiq avtomobil zarar ko‘rdi. Bundan tashqari, yoqilg‘i shoxobchasi, avtoservis, xo‘jalik qurilishlari, savdo pavilonlari, do‘konlar ham”, – dedi viloyat rahbari.
Rossiya harbiylari Dneprga berilgan hujum yuzasidan rasmiy izoh bermadi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinadi
O‘zbekiston | 09:47
-
Rossiya Axios'ning Putinning Eron bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi ma’lumotini rad etdi
Jahon | 09:45
-
Xorijiy fuqarolarni texnikumlarga o‘qishga qabul qilish jarayoni soddalashtiriladi
O‘zbekiston | 09:41
-
YeI AQShga qarshi javob bojlarini joriy etishni 1 avgustga qoldirdi
Jahon | 09:39
Mavzuga oid

09:45
Rossiya Axios'ning Putinning Eron bo‘yicha pozitsiyasi haqidagi ma’lumotini rad etdi

08:42
Rossiyada yana bir harbiy-dengiz paradi bekor qilindi

08:00
Maxsus xizmat: SBU zobitini otib ketgan FSB agentlari o‘ldirildi

23:54 / 14.07.2025