Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: Kiyev anneksiya qilingan hududlarni Rossiyaga tegishli deb tan olishdan bosh tortishi yangi urushga olib kelishi mumkin
Putin yana bir bor Rossiyaning urushni to‘xtatish shartlari haqida gapirdi.

Stanislav Krasilnikov / RIA Novosti / Sputnik / Profimedia
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Peterburg iqtisodiy forumining yalpi sessiyasidan so‘ng Sky News Arabia telekanaliga intervyu berdi. Unda u Rossiyaning urushni to‘xtatish shartlarini yana bir bor takrorladi.
Uning qayd etishicha, Moskva Zaporijjya va Xerson oblastlarining anneksiya qilingan qismlarida, shuningdek, o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXR va LXRda o‘tkazilgan «referendumlar» natijalari Kiyev tomonidan tan olinishini talab qilmoqda. Uning fikricha, bu natijalarni e’tiborsiz qoldirish «qurolli to‘qnashuvning qayta boshlanishi ehtimoli borligini anglatadi».
Bundan tashqari, Putin Ukraina betaraflikka, ya’ni hech qanday xorijiy ittifoqlarga qo‘shilmaslik va yadro qurolini joylashtirishdan voz kechishga rozi bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Rossiya prezidentining fikricha, bunday qadamlar «mintaqadagi uzoq muddatli barqarorlik» uchun asosdir.
U Moskva va Kiyev 2022 yil bahorida Istanbulda kelishuvga yaqin bo‘lgani haqidagi so‘zlarini yana bir bor takrorladi.
«Umid qilamanki, Ukrainaning hozirgi rahbarlari uchinchi tomonning emas, milliy manfaatlarni ko‘zlagan holda ish tutadi. <…> Ukraina Rossiyaga qarshi ishlovchi tashqi kuchlar qo‘lidagi qurol bo‘lishdan yaxshiroq taqdirga loyiq», — deya Putinning so‘zlarini keltiradi Sky News Arabia.
Kreml Qrim, DXR, LXR, Zaporijjya va Xerson oblastlari Rossiya tarkibiga kirishi tan olinishini talab qilayotgani haqida 2 iyun kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarning ikkinchi raundida rossiyalik muzokaralar Ukraina tomoniga topshirgan memorandumda ham aytilgandi.
Kiyevning tinchlik taklifida esa Ukraina betaraf bo‘lib qolishi shart bo‘lmasligi va Yevropa ittifoqiga a’zolik uchun harakatlarini davom ettirishi mumkinligi, NATOga a’zolik esa alyansdagi konsensusga bog‘liqligi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, Ukraina 2014 yil fevralidan buyon Rossiya tomonidan egallab olingan hududlar xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmasligini talab qilgan. «Hududiy masalalar faqat to‘liq va so‘zsiz otashkesimdan keyingina muhokama qilinadi», — deyilgan memorandumda.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ta’lim muassasalari bazasini rivojlantirishga oid hukumat qarori qabul qilinadi
O‘zbekiston | 08:38
-
Maxsus xizmat: SBU zobitini otib ketgan FSB agentlari o‘ldirildi
Jahon | 08:00
-
Markaziy bankning banklarda tekshirish o‘tkazish tartibi o‘zgaradi
O‘zbekiston | 07:51
-
Avstraliya Tayvan uchun urush boshlangan taqdirda o‘ziga hech qanday majburiyatni olmaydi
Jahon | 07:47
Mavzuga oid

08:00
Maxsus xizmat: SBU zobitini otib ketgan FSB agentlari o‘ldirildi

21:32 / 14.07.2025
Zelenskiy iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenkoga Ukraina bosh vaziri lavozimini taklif qildi

19:03 / 14.07.2025
Putin Trampga Rossiya yaqin orada Ukrainadagi hujumlarini kuchaytirishini aytdi – OAV

15:14 / 14.07.2025