Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raqobat qo‘mitasi konsalting firmalardan ogoh bo‘lishga chaqirdi
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xorijda ishlash va o‘qish uchun “oson” borishni va’da qilayotgan konsalting firmalardan ogoh bo‘lishga chaqirdi.
2025 yilda fuqarolardan aldamchi konsalting firmalari bo‘yicha 20 ga yaqin murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi xorijda ishga yoki o‘qishga joylashtirish va’dasi bilan firmalarga pul to‘lagan, ammo to‘langan mablag‘lar qaytarilmagan yoki xizmatlar bajarilmaganini bildirmoqda.
Xususan:
- Toshkent shahridagi MChJga 16 million so‘mdan ortiq to‘lov qilgan A.B.ning Latviyaga ishga yuborish masalasi bo‘yicha;
- Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro Sh.M.ning Latviyada ish topish va viza rasmiylashtirib berish uchun Qo‘qondagi MChJga jami 2000 dollar ekvivalenti miqdorida pul to‘lagani to‘g‘risida;
- Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi fuqaro O.X. Germaniyaga ishlashga borish maqsadida Yakkasaroy tumanidagi MChJga 36 million so‘m to‘lagan. Biroq, firma faoliyatini yuritmayotgani, xizmatlar bajarilmagani hamda pullar qaytarilmagani to‘g‘risida va boshqa murojaatlar kelib tushgan.
“Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, xorijda ishga joylashtirish xizmati faqat litsenziyaga ega agentliklar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Ammo ko‘pgina firmalar bu qoidaga amal qilmaydi. Jumladan, ayrim konsalting firmalari ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarni ishonchiga kirib, ularga xorijga ishga yoki o‘qishga yuborishni va’da qilib, pul olgan, ammo ularning xizmatlari bajarilmagan.
Qayd etilishicha, bunday firmalarning ko‘pchiligi litsenziyaga ega emas va ularning faoliyati qonuniy emas.
Shuningdek, Yevropaning Irlandiya, Angliya, Daniya, Norvegiya kabi davlatlariga ishga yuborish to‘g‘risida e’lonlar berib, fuqarolarga konsalting xizmatlari emas, aynan xorijga ishga joylashtirish bo‘yicha xizmatlarni ko‘rsatish bilan shug‘ullanib kelayotgan MChJga Migratsiya agentligi tomonidan BHMning 300 baravari (112,5 million so‘m) miqdorida jarima qo‘llangan. Boshqa firmalarga nisbatan ham huquqiy choralar ko‘rilgan.
Xorijda o‘qish va ishlash niyatida bo‘lsangiz, har qanday o‘rtakash firmalar aldovlariga ishonmang, ular faoliyati qonuniyligini va litsenziyasi mavjudligini tekshiring, deyiladi qo‘mita xabarida. Ularning litsenziyalari bor-yo‘qligini Adliya vazirligi saytidagi reyestrdan tekshirish mumkin.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22
-
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 22:40
-
Trampdan yangi dedlayn – 50 kun. Bu nima degani?
Jahon | 22:31
-
Braziliya prokuraturasi sobiq prezident Bolsonaruni davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
Jahon | 22:28
Mavzuga oid

16:07 / 03.07.2025
Raqobat qo‘mitasi Kia Sonet reklamasidagi qonunbuzilish sabab Roodell'ni jarimaga tortdi

14:32 / 30.06.2025
Temiryo‘l chiptasi bo‘yicha qariyb 800 ming yo‘lovchidan undirilgan ortiqcha haq qaytariladi

18:27 / 21.06.2025
Chakana savdoda chegirma berish va aksiya o‘tkazish qoidalari belgilanishi mumkin

15:59 / 18.06.2025