Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda badiiy tarjima sohasida xalqaro tanlov e’lon qilindi
Yozuvchilar uyushmasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Fanlar akademiyasi, Ma’naviyat va ma’rifat markazi badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot tanloviga asarlar qabul qilinishi boshlanganini e’lon qildi.

Foto: "Dunyo" AA
Mazkur tanlov O‘zbekiston prezidentining 2024 yil 4 iyunda qabul qilingan "Badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etish to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, o‘zbek adabiyotining eng yaxshi asarlarini xorijiy tillarga, jahon adabiyotining sara namunalarini o‘zbek tiliga tarjima qilishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida e’lon qilindi.
Mamlakatda ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu xalqaro adabiy tanlov milliy adabiyotni dunyoda keng targ‘ib qilayotgan, jahon adabiyotining eng sara asarlarini o‘zbek tiliga o‘girib, kitobxonlarga taqdim etayotgan fidoyi tarjimonlar mehnatini munosib rag‘batlantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish, xorijiy mamlakatlarda o‘zbekistonlik adiblar ijodiga qiziqishni yanada oshirish kabi xayrli maqsadlarni nazarda tutadi.
Mazkur tanlovga e’lon berilgan sanadan boshlab o‘tgan besh yil davomida kitob holida chop etilgan yoki bosma davriy va elektron adabiy nashrlarda e’lon qilingan tarjima asarlar qabul qilinadi.
Xalqaro tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi va unga belgilangan hajmdan kam bo‘lmagan asarlar qabul qilinadi:
– o‘zbek adabiyoti nasriy asarlaridan xorijiy tilga qilingan eng yaxshi tarjima – kamida o‘n bosma taboq;
– o‘zbek adabiyoti she’riy asarlaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima – kamida besh bosma taboq;
– o‘zbek bolalar adabiyoti namunalaridan xorijiy tillarga qilingan eng yaxshi tarjima – kamida besh bosma taboq;
– xorijiy tillarda yaratilgan nasriy asarlardan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima – kamida o‘n bosma taboq;
– xorijiy tillarda yaratilgan she’riy asarlardan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima – kamida besh bosma taboq;
– xorijiy tillarda yaratilgan bolalar adabiyoti namunalaridan o‘zbek tiliga qilingan eng yaxshi tarjima – kamida besh bosma taboq.
Dramaturgiya janriga oid tarjima asarlar ushbu bandda ko‘rsatilgan yo‘nalishlar asosida ko‘rib chiqiladi. Xalqaro tanlovga asarlar 2025 yil 1 sentabrga qadar O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan qabul qilinadi.
G‘oliblarning har biri maxsus diplom, ko‘krak nishoni va bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiyadagi fermer xo‘jaliklari O‘zbekistondan ishchi kuchi jalb qiladi
O‘zbekiston | 13:09
-
AQSh Rossiyaga qarshi bojlar to‘g‘risidagi qonun loyihasini muzlatib qo‘ydi
Jahon | 13:00
-
"Moskva-Siti"da VTB dronlar tahdidi tufayli masofaviy ishlashga o‘tdi
Jahon | 12:58
-
Toshkent viloyatida Labo’ga suv to‘ldirib, cho‘milganlar 12 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 12:37
Mavzuga oid

14:35 / 24.06.2025
“Eng namunali yashil turizm obekti” tanlovi o‘tkaziladi

16:43 / 29.04.2025
«Yil o‘qituvchisi» hamda «Kasbiy mahorat yetakchisi» tanlovlari o‘tkaziladi

19:55 / 18.01.2025
“Uchinchi shaxslar aralashuvi” – millionlab o‘zbekistonliklar Angliyada ishlash uchun ariza topshirgan tanlov bekor qilindi

16:01 / 05.11.2024