Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risida video yuborganlar rag‘batlantiriladi
Hukumat qarori (bilan “Jismoniy shaxslar tomonidan qayd etilgan suv xo‘jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi fotosuratlar va (yoki) videoyozuvlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish hamda ularni taqdim etgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi haqida”gi nizom tasdiqlandi.

Foto: DPA
Nizom Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 74-moddasining 2-qismida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarga nisbatan tatbiq etiladi.
Shaxslar huquqbuzarlikni videotexnika vositalari orqali qayd etib, 48 soatda Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasiga (Inspeksiya) v-nadzor.gov.uz veb-sayti orqali yuboradi.
Foto va videomateriallarda quyidagilar aks ettirilishi lozim:
- sodir etilgan huquqbuzarlik;
- huquqbuzarlik sodir etgan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar (agar mavjud bo‘lsa);
- huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, aniqlangan sana va vaqt.
Qoida tariqasida, foto va videomateriallarning davomiyligi 120 soniyadan oshmasligi lozim.
Foto va videomateriallar 10 kun muddatda Inspeksiyaning mas’ul xodimi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Huquqbuzarlik 1-marotaba sodir etilgan bo‘lsa, huquqbuzarga suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi (qoidalari) takroran buzilishining oldini olishga qaratilgan tavsiyalar yuboriladi.
Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanganidan keyin 1 yil davomida huquqbuzarlik takroran sodir etilgan taqdirda, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan miqdorlarda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Foto va videomateriallarni yuborgan shaxslar huquqbuzardan undirilgan jarima hisobidan BHMning 25 foizi miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.
Rag‘batlantirish jarima undirilgan kundan boshlab 15 kun muddatda amalga oshiriladi
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Markaziy bankning banklarda tekshirish o‘tkazish tartibi o‘zgaradi
O‘zbekiston | 07:51
-
Avstraliya Tayvan uchun urush boshlangan taqdirda o‘ziga hech qanday majburiyatni olmaydi
Jahon | 07:47
-
Farmatsevtika agentligining asosiy vazifalari qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekiston | 07:43
-
Londonda Palestine Action tashkiloti tarafdorlari qo‘lga olindi
Jahon | 07:30
Mavzuga oid

11:49 / 12.07.2025
O‘zbekistonda aholining suvdan qancha qarzi borligi aytildi

10:19 / 12.07.2025
Xitoy O‘zbekistonda suv resursini tejash loyihalariga jalb etiladi

07:41 / 12.07.2025
Dog‘istonda 300 dan ortiq kishi suvdan zaharlandi

12:33 / 01.07.2025