O‘zbekiston | 16:35 / 08.06.2025
3974
1 daqiqa o‘qiladi

Bolgariya prezidenti 9 iyun kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

Tashrif doirasida qator ikki tomonlama bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Bolgariya prezidenti IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.

Foto: Getty images

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Bolgariya prezidenti Rumen Radev 9-11 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, ikki mamlakat yetakchilarining muzokaralari, rasmiy va ishbilarmonlik tadbirlari o‘tkazilishi, qator ikki tomonlama bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston va Bolgariya prezidentlari o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish, shu jumladan, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, agrosanoat majmui, farmatsevtika tarmog‘i, konchilik, raqamlashtirish sohalarida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, turizm va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqadi.

Bolgariya prezidenti Rumen Radev IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.

Avvalroq Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso 8–10 iyun kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘lishi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga oid