Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda o‘zini IIV mansabdori sifati tanishtirib, pul undirmoqchi bo‘lgan advokat ushlandi
U o‘z sherigi bilan Buxoroda qamoqda o‘tirgan mahkumni Toshkent viloyatidagi JIEMga ko‘chirib berish evaziga 5 ming dollar talab qilgan.

Foto: DXX
DXX Call-markaziga kelib tushgan murojaat asosida Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahrida yashovchi, muqaddam firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan 45 yoshli fuqaro o‘zining sherigi – poytaxtda faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokatini go‘yoki Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish departamentida yuqori lavozimda ishlovchi shaxs sifatida tanishtirgan.
Shu orqali u 2024 yilda sud hukmi bilan 8 yil 7 oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan, hozirda Buxoro viloyatidagi 1-sonli jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumni Toshkent viloyatidagi 7-sonli JIEMga ko‘chirib berish evaziga arizachidan 5 ming AQSh dollari talab qilgan.
Ushbu so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (firibgarlik) va 28, 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi hamda qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Interpol qidiruvida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini AQShda qo‘lga oldi
Jamiyat | 20:02
-
5 daqiqalik budjet odatlari: oila bilan pulni boshqarishni o‘rganamiz
Iqtisodiyot | 19:54
-
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 19:22
-
Aziz Mag‘rupov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 19:15
Mavzuga oid

21:14 / 12.07.2025
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi

09:12 / 12.07.2025
Iqtisodiyot universitetining kafedra o‘qituvchisi 4 ming dollar bilan ushlandi

10:16 / 10.07.2025
Andijon va Surxondaryoda soliq boshqarmalari bosh inspektorlari ushlandi

15:14 / 08.07.2025