Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan 14700 dona kuchli ta’sir qiluvchi dori musodara qilindi
Bir necha holatda kuchli ta’sir qiluvchi dorilarning noqonuniy savdosining oldi olindi.

Foto: Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan bojxona idoralari bilan hamkorlikda Farg‘ona viloyatida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bir nechta tezkor tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, Qo‘qon shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan 2 fuqaro o‘zaro til biriktirib, o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasining Quvasoy shahri hududidan o‘tuvchi qismida Qirg‘iziston fuqarosidan 8000 dona «Zardeks» kuchli ta’sir qiluvchi dorini olgan. So‘ngra, kelgusida sotish maqsadida Qo‘qon shahrida ijaraga olingan xonadonga borganida ushlangan.
Yana bir holatda, Qo‘qon shahrida muqaddam sudlangan shaxslar - advokat hamda 2 fuqaro o‘zaro til biriktirib, vitamin ko‘rinishida qadoqlangan jami 4400 dona «Regapen» kuchli ta’sir qiluvchi dorini 180 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.
Boshqa holatda Farg‘ona-Qo‘qon yo‘nalishida harakatlanayotgan, muqaddam sudlangan shaxs boshqaruvidagi avtomashina Uchko‘prik tumanida to‘xtatilgan.
Uning mashinasida 100 dona «Tropikamid» va 559 dona «Regapen» nomli jami 110 mln so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori borligi aniqlangan. Tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsga dorilarni sotgan, Farg‘ona tumanida yashovchi fuqaro Qo‘shtepa tumanida boshqa xaridorga 1400 dona «Regapen» kuchli ta’sir ta’sir qiluvchi dorini 2800 AQSh dollariga sotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Xuddi shu yo‘nalishda harakatlanayotgan yana bir avtomashina ham Uchko‘prik tumanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilganda, salonida 75 mln so‘mlik 250 dona «Tropikamid» kuchli ta’sir qiluvchi dori borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Hozir ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Katta umidlar yo‘q” - siyosatshunoslar Tramp va Putin uchrashuvi haqida
Jahon | 16:35
-
«Paxtakor-79». To‘lagan Isoqov va Dmitriy Anning xotiralari
Sport | 15:53
-
Ko‘rgan zararimizni kim qoplaydi? – Uch qahramondagi talafotdan reportaj
Jamiyat | 15:01
-
Avstraliya ham Falastinni tan olmoqchi
Jahon | 14:24
Mavzuga oid

12:13
Pora bilan ushlangan MIB xodimi 6 yilga qamaldi

08:02
Xorazmda mehnat staji «yasab beruvchi» mutaxassis ushlandi

10:16 / 09.08.2025
O‘zbekiston va Rossiya maxsus xizmatlari 9 nafar xalqaro terrorchilik tashkiloti a’zosini qo‘lga oldi

14:16 / 07.08.2025