Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2026 yildan davlat xizmatiga ilk marta qabul qilinganlar bilan faqat bir yillik mehnat shartnomasi tuziladi
Prezident farmoniga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilingan xizmatchilar bilan mehnat shartnomasi dastlab bir yil muddatga tuziladi. Ushbu shartnoma keyinchalik faoliyatining ijobiy natijalariga ko‘ra uzaytiriladi. Shuningdek,birinchi marta ishga qabul qilingan davlat xizmatchilari majburiy maxsus kurslarni o‘taydi.

19 iyun kuni «Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchilari – xizmat vazifalarini bajarishda odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya etishini ta’minlash va kasbiy madaniyatini rivojlantirish orqali davlat organlariga nisbatan jamoatchilik ishonchini mustahkamlash mexanizmlari joriy qilinadi.
Shuningdek, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi:
- ochiq va adolatli tanlovlar asosida davlat xizmatiga eng munosib kadrlarni jalb qiladi, shuningdek, ularning gorizontal va vertikal kareraviy o‘sishiga ko‘maklashadi;
- davlat xizmatchilarining salohiyati va kasbiy kompetensiyalarini diagnostikadan o‘tkazadi va natijalariga ko‘ra xodimning portfoliosini shakllantiradi;
- talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar va yo‘nalishlar bo‘yicha ehtiyojlarni o‘rganadi hamda ushbu yo‘nalishda davlat xizmatchilarining xorijda maqsadli stajirovka o‘tashi yuzasidan buyurtmalarni shakllantiradi;
- «El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendiatlarining gorizontal va vertikal kareraviy o‘sishi bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi;
Shuningdek, bu yo‘nalishda Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi va «El-yurt umidi» jamg‘armasining ham vazifalari belgilanmoqda.
Farmon bilan, sohani tubdan isloh qilish maqsadida 2026 yil 1 yanvardan boshlab quyidagicha tartiblar o‘rnatiladi:
- davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilingan davlat xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi dastlab bir yil muddatga tuziladi va keyinchalik faoliyatining ijobiy natijalariga ko‘ra mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga uzaytiriladi;
- davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilingan davlat xizmatchilari majburiy «Davlat xizmatiga kirish» maxsus kurslarini va keyinchalik har uch yilda kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarini o‘taydi hamda mazkur kurslarning yakunlari bo‘yicha ularning nazariy bilim va ko‘nikmalari diagnostikadan o‘tkaziladi;
- diagnostikada davlat xizmatchilarining tegishli soha va tarmoq bo‘yicha bilim darajasi, hujjatlarni tuzish va davlat tilida ish yuritish ko‘nikmalari, tahliliy, rahbarlik va kommunikativlik malakalari, kompyuter savodxonligi, qonunchilikdagi yangiliklarni, O‘zbekiston tarixi va xorijiy tillarni o‘zlashtirganligi, umumiy eruditsiyasi, psixologik diagnozi va intellektuallik koeffitsiyenti (IQ) kabi ko‘rsatkichlari baholanadi;
- monitoring tizimi tahlili natijalariga ko‘ra, xodimning mavjud bilim va ko‘nikmalarini kasbiy rivojlantirish xaritasi – portfoliosi yaratiladi;
- kasbiy rivojlantirish xaritasi asosida davlat xizmatchisi rivojlantirishi lozim bo‘lgan «yumshoq» va «qattiq» ko‘nikmalari bo‘yicha majburiy malaka oshirish, shu jumladan, mustaqil ta’lim olish dasturini o‘taydi va boshqalar.
Davlat xizmati lavozimlarini egallash bo‘yicha tanlov o‘tkazishda 2025 yil 1 avgustdan boshlab quyidagicha tartib belgilanmoqda:
- respublika, hududiy va tuman (shahar) darajasidagi tashkilotlardagi lavozimlarning boshqaruv va yordamchi guruhlari uchun tanlovlar faqatgina Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona portali orqali o‘tkaziladi;
- qonunchilikda lavozimga tayinlashda tegishli organlar bilan kelishilishi lozim bo‘lgan lavozimlar bo‘yicha kelishuv ushbu organlarning vakillarini tanlov komissiyasi tarkibiga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
- test sinovlari davlat xizmatchilarini sinovdan o‘tkazish moduli orqali maxsus jihozlangan xonalarda yoki masofaviy onlayn tizim orqali o‘tkaziladi va boshqalar.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 13:18 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Belarusda Tixanovskaya demokratik kuchlarining vakillari «terrorchilar» deb tan olindi
Jahon | 13:57
-
O‘zbekistonning issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga qo‘shadigan hissasi ortadi
O‘zbekiston | 13:53
-
Zaruratdan muvaffaqiyatgacha: Ayol uchun “Me‑time” qanchalik muhim?
Jamiyat | 13:47
-
AQSh Ukrainaga ayrim turdagi qurollarni yetkazib berishni qayta tikladi
Jahon | 13:37
Mavzuga oid

12:34 / 26.06.2025
Fermerlarning yerini xitoyliklarga berib yuborish bilan tahdid qilgan amaldorning lavozimi ko‘tarildi

10:06 / 21.04.2025
Buxoroda IIBning qator mulozimlari ishdan olindi

17:15 / 05.03.2025
Fuqarolarni mehnat shartnomasi tuzmasdan ishga olganlar yirik miqdorda jarimaga tortilishi mumkin

20:52 / 05.02.2025