Kellog: Rossiyaning NATO kengayishi haqidagi xavotirlari «adolatli»
Trampning maxsus vakili Kit Kellog Rossiyaning NATOning sharqqa kengayishi haqidagi xavotirlarini «adolatli» deb atadi va alyansdagi Ukraina masalasi «muhokama qilinmayotgani»ga aniqlik kiritdi.

Foto: Press Service Of The President Of Ukraine/AP Photo/picture alliance
AQSh prezidenti Donald Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog 29 may, payshanba kuni ABC News telekanaliga bergan intervyusida Rossiyaning NATOning sharqda kengayishi borasidagi xavotirlarini «adolatli», dedi. «Bu adolatli xavotir. Biz Ukrainaning NATOga qo‘shilishi masalasi ko‘rib chiqilmayotganini bir necha bor aytganmiz», — dedi u va bu pozitsiya qolgan kamida to‘rtta a’zo davlat tomonidan bildirilganini qo‘shimcha qildi.
Kit Kellogning qo‘shimcha qilishicha, Qo‘shma Shtatlar va Ukraina haligacha o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha takliflar yozilgan Rossiya memorandumini olmagan, biroq Kiyevni urushni tugatish bo‘yicha muzokaralardan chiqmaslikka chaqirdi. Ukraina mudofaa vaziri va mamlakatning muzokaralar olib borayotgan delegatsiyasi rahbari Rustem Umerov bilan bo‘lib o‘tgan suhbatni u: «Kelmayman, demang, jiddiy ekaningizni ko‘rsatishingiz kerak», deya qayta aytib berdi. Kellog, shuningdek, muzokaralarning asosiy maqsadi o‘t ochishni to‘xtatish va «qotilliklarni to‘xtatish» bo‘lib qolishini yana bir bor ta’kidladi.
Bundan tashqari, Kit Kellogg 2 iyun kuni Istanbuldagi muzokaralarda Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniyadan xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilar ishtirok etishini aytdi. Avvalroq Rossiya muzokaralarning navbatdagi bosqichiga yana Vladimir Medinskiyni yuborishi ma’lum bo‘lgan edi.
Tavsiya etamiz
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
Tarvuz tarkibidagi nitratlar: hozirgi tarvuzlarni yesa bo‘ladimi?
Jamiyat | 17:57 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yil yakunigacha 12 ta quyosh va 4 ta shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi
O‘zbekiston | 21:10
-
Tramp neft narxining ko‘tarilishi «dushmanga qo‘l kelishini» aytdi
Jahon | 20:43
-
Rossiyada migrantlar uchun rus tili imtihoni qiyinlashtirildi
Jahon | 20:22
-
Zelenskiy Buyuk Britaniya qiroli bilan uchrashdi
Jahon | 20:15
Mavzuga oid

20:22
Rossiyada migrantlar uchun rus tili imtihoni qiyinlashtirildi

18:39
Afrikadagi vagnerchilar kannibalizmda ayblanmoqda

16:27
Rossiyada «Gosuslugi» akkauntlarini buzgan o‘zbekistonlik ushlandi

15:59