Dam olish kunlari quruq va issiq havo bo‘lishi kutilmoqda
Dam olish kunlari O‘zbekistonning aksariyat qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlaydi va yakshanba kuni +32…+35 daraja atrofida bo‘ladi.

Foto: Kun.uz
Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
30 may kuni kunduzi O‘zbekiston hududi ustida salqin va nam havo massalari sirkulyatsiyasi davom etadi. Respublika bo‘yicha ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +25…+28 daraja, janubda +30…+33 daraja bo‘ladi.
Dam olish kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ertaga – 31 iyun kuni ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Havo harorati shanba kuni +28...+31 darajagacha, yakshanba kuni +32...+35 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.
Respublika shimolida, janubida va cho‘l hududlarida shamol 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida bugun kunduzi havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +26...+28 daraja bo‘ladi.
Dam olish kunlari havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat shanba kuni +28...+30 daraja, yakshanba kuni +29...+31 daraja bo‘ladi.
Shamol sharqdan 3–6 metr/soniya tezlikda esadi, bugun kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda 8–10 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin nega Rossiya Eronni qo‘llab-quvvatlamagani haqidagi savolga javob berdi
Jahon | 23:24 / 20.06.2025
-
So‘m 5 kunda 2 foizga mustahkamlandi. Bunga nimalar ta’sir qilyapti?
Iqtisodiyot | 22:56 / 20.06.2025
-
Prezidentning Qashqadaryoga tashrifi, 1-sinfga onlayn qabulning boshlanishi va davlat xizmatchilari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:49 / 20.06.2025
-
AQSh Eronning mudofaa sanoatiga qarshi sanksiyalar joriy qildi
Jahon | 22:42 / 20.06.2025
Mavzuga oid

12:36 / 20.06.2025
To‘rtta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

12:01 / 20.06.2025
Hafta oxirida harorat yana ko‘tarilishi kutilmoqda

14:08 / 16.06.2025
Hafta davomida harorat +44 darajagacha ko‘tariladi

15:46 / 13.06.2025