AQSh yangi yadroviy bombalarni seriyali ishlab chiqarishni boshlaydi
Modernizatsiya qilingan har bir yadroviy aviabomba quvvati 360 kilotonnaga yetadi va uni ishlab chiqarish 30 mln dollarga baholanmoqda.

Foto: Department of Energy
Vashington 2025 yil iyuldan boshlab strategik aviatsiya samolyotlariga joylashtiriladigan, quvvati 360 kilotonnaga yetadigan B61-13 gravitatsion yadroviy bombani seriyali ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu haqda Yadroviy xavfsizlik bo‘yicha milliy agentlik (NNSA) ma’lum qildi.
AQSh hukumatining rejasiga muvofiq, modernizatsiya qilingan har bir yadroviy aviabombani ishlab chiqarish 30 million dollarga baholanmoqda va u 2027 yilda yakunlanadi. Jangovar kallak xususiyatlarini yaxshilash bilan NNSA’ning oltita markazi mutaxassislari shug‘ullanmoqda, yakuniy yig‘ish ishlari esa Amarillo shahridagi (Texas) Pantex Plant zavodida amalga oshiriladi.
Ta’kidlanishicha, og‘irligi 320 kilogrammdan oshadigan B61 variantiga yangi dum tayanchi o‘rnatilgan, u boshqaruvning yanada aniq amalga oshirilishini ta’minlaydi. Bu esa yuqori balandlikda uchayotgan samolyotdan bombani tashlash imkonini beradi, so‘ng u avtonom rejimda nishon tomon uchadi va o‘z trayektoriyasini to‘g‘rilab boradi.
Modifikatsiya qilingan zaryadlar B-2 va B-21 bombardimonchilariga o‘rnatiladi. Ular AQShning kontinental bazalarida saqlanadi. Yangi turdagi bombaning asosiy maqsadi — nisbatan mustahkam va yirik harbiy nishonlarni, jumladan, yerosti bunkerlari va qo‘mondonlik punktlarini yakson qilish.
19 may kuni AQSh Energetika vaziri Kris Rayt birinchi B61-13 prototipini ishlab chiqarish muddatidan bir yil oldin yakunlanganini ma’lum qilgandi. Yangi qurolni yaratishga ikki yildan kamroq vaqt ketgan. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, bu Qo‘shma Shtatlarning «yangi beqaror davrda» global xavfsizlik sohasida o‘sib borayotgan chaqiriqlarga tezkorlik bilan javob qaytarish qobiliyatlarini isbotlagan.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36
-
Xitoyda global pandemiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan yangi koronavirus aniqlandi
Jahon | 00:30
-
Fransiyaning Renault kompaniyasi Ukraina uchun dronlar ishlab chiqaradi
Jahon | 00:05
-
Yaponiya ilk bor 1000 kilometrdan ortiq masofaga uchadigan raketalarini namoyish etdi
Jahon | 23:50 / 08.06.2025
Mavzuga oid

15:06 / 08.06.2025
WSJ: Pentagon yillar davomida NUJ haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatib kelgan

22:08 / 07.06.2025
Ilon Mask AQSh prezidenti bilan ziddiyat ortidan yangi partiya tuzishni taklif qildi

20:05 / 07.06.2025
AQSh startapi bo‘lajak farzandning ko‘z rangi, bo‘yi va aql darajasini tanlashni taklif qildi

19:30 / 07.06.2025