AQSh 13 yildan so‘ng Suriyadagi elchixonasini qayta ochdi
AQShning Suriyadagi maxsus vakili Tomas Barrak va Suriya tashqi ishlar vaziri Hasan al-Shayboniy 29 may kuni Damashqdagi elchixona rezidensiyasida Qo‘shma Shtatlar bayrog‘ini ko‘tardi. AQSh rasmiysi Suriya prezidenti Ahmad ash-Shar’a bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

Foto: Suriya tashqi ishlar vazirligi
AQShning Turkiyadagi elchisi va Suriyadagi maxsus vakili Tomas Barrak 29 may kuni Suriya poytaxti Damashqdagi elchixona rezidensiyasida AQSh bayrog‘ini ko‘tardi. Bu hodisa Suriyadagi AQSh elchixonasi 2012 yilda yopilganidan beri birinchi marta yuz berdi.
Elchixonaning qayta ochilish marosimida Suriya tashqi ishlar va muhojirlar ishlari bo‘yicha vaziri Hasan al-Shayboniy ham qatnashgan.
Shuningdek, Suriya prezidenti Ahmad ash-Shar’a o‘z qarorgohida TIV, mudofaa va razvedka xizmati rahbarlari hamrohligida Tomas Barrak bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Reuters nashriga ko‘ra, so‘nggi haftalarda Suriya yangi ma’muriyati bilan AQSh tez sur’atda aloqalarni tiklamoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp may oyining o‘rtalarida Saudiya Arabistonining Riyod shahrida Suriya yangi prezidenti Ahmad ash-Shar’a bilan uchrashib, Suriyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatishini aytgan edi.
«Men AQShning Turkiyadagi elchisi Tom Barrak — Suriyaga maxsus vakil sifatida xizmat qilishini mamnuniyat bilan e’lon qilaman. Barrak — Suriyada ekstremizmni to‘xtatish, munosabatlarni yaxshilash va Yaqin Sharqda tinchlikni ta’minlash bo‘yicha katta imkoniyatlar borligini tushunadi. Birgalikda biz Amerikani va butun dunyoni yana xavfsiz qilamiz!» — deya Trampning so‘zlarini keltirmoqda Davlat departamentining Yaqin Sharq bo‘limi.
Kuni kecha Yevropa Ittifoqi ham Suriyaga nisbatan barcha iqtisodiy sanksiyalar yechilganini ma’lum qilgan edi.
Turkiyadagi AQSh elchisi lavozimini egallab turgan Barrak 23 may kuni Suriyaga AQSh maxsus vakili etib tayinlandi va hozir mamlakatga ilk rasmiy tashrifini amalga oshirmoqda.
AQSh Damashqdagi elchixonasini 2012 yil fevral oyida, o‘sha paytdagi prezident Bashar al-Asadga qarshi norozilik namoyishlari boshlanganidan deyarli bir yil o‘tib yopgan edi. Shundan so‘ng Suriyaga tayinlangan AQSh vakillari mamlakatga tashrif buyurmagan va o‘z faoliyatlarini xorijdan olib borgan.
Suriyada o‘nlab yillar davom etgan Asadlar oilasi diktaturasi oqibatida yuz minglab odam halok bo‘ldi, millionlab odamlar uylarini tashlab chiqdi. G‘arb davlatlari Bashar Asadga qarshi sanksiyalar kiritdi va diplomatik aloqalarni uzdi, biroq Asad Eron va Rossiyaning yordami bilan hokimiyatni saqlab qoldi.
Asad rejimi 2024 yil dekabr oyida Ahmad ash-Shar’a boshchiligida amalga oshirilgan harbiy hujum natijasida hokimiyatdan ag‘darildi. Bashar Asad Moskvaga qochib ketdi.
Tavsiya etamiz
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
11 yoshli qizni muntazam zo‘rlab kelgan pedofil uzoq muddatga qamaldi
Jamiyat | 21:02
-
Buxorodagi xususiy bog‘chada ikki yashar bola tok urishidan vafot etdi
Jamiyat | 20:42
-
Shavkat Mirziyoyev Shahrisabzdagi «Miraki» xalqaro turizm markaziga tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 20:25
-
Interpol sobiq rahbari shaxslarni pora evaziga qidiruvdan olib tashlaganlikda gumonlanmoqda
Jahon | 20:23
Mavzuga oid

12:23
AQSh razvedkasi Eronning yadro quroli ustida ishlayotganiga oid hech qanday dalil topmadi

01:25
Eron Trampning so‘zlaridan keyin AQShga norozilik notasi yubordi

21:59 / 18.06.2025
AQShda bir necha hafta oldin vafot etgan ayolning farzandi tug‘ildi

21:35 / 18.06.2025