Toshkentdagi ko‘chalardan biri 30 maygacha yopiladi
Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilish-montaj ishlari olib borilishi sabab Ziyolilar ko‘chasining bir qismi yopiladi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidan o‘tuvchi ko‘chalardan biri transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, qurilish-montaj ishlari sababli Ziyolilar ko‘chasining Kichik halqa avtomobil yo‘li kesishmasidan Qalandar ko‘chasi kesishmasigacha bo‘lgan bir tomonlama yo‘nalish qismi 28 may soat 22:00 dan 30 may soat 08:00 gacha barcha transport vositalari harakati uchun yopiladi.
Ko‘rsatilgan davr mobaynida haydovchilarga muqobil yo‘nalishlardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Avvalroq Olmazor tumanidagi Qorasaroy ko‘chasida sentabr oyigacha transport vositalari harakati cheklangani to‘g‘risida xabar berilgandi.