Toshkentda KHAYdan Maxtumquli ko‘chasiga tushish yo‘li ochildi
Kichik halqa avtomobil yo‘lining Maxtumquli ko‘chasiga tutashgan qismida rekonstruksiya ishlari yakunlandi. Endi Maxtumqulidan KHAYga chiqish o‘ngga burilish orqali tashkil etildi. KHAYga chiqqanda ham o‘ngga, ham chapga burilish imkoniyati mavjud.
Yashnobod tumanida Kichik halqa avtomobil yo‘lining Maxtumquli ko‘chasiga tutashgan qismini qayta qurish ishlari nihoyasiga yetkazildi, deb xabar beradi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, poytaxt hokimligi huzurida tashkil etilgan «Toshkent invest kompaniyasi» AJ mutaxassislari xalqaro ekspertlar bilan hamkorlikda transport oqimini o‘lchab, o‘rganib chiqqan hamda tahlil qilgan. Obekt qurilishi bo‘yicha muhandislik-texnik yechim shahar YHXBB va China Construction bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.
Endi Maxtumquli ko‘chasidan Kichik halqa avtomobil yo‘liga chiqish temiryo‘l va avtomobil ko‘priklari ostida o‘tgandan so‘ng, o‘ngga burilish orqali amalga oshiriladi. KHAYga chiqishda ham o‘ngga, ham chapga (svetofor yordamida) burilish mumkin. Ilgari amalda bo‘lgan Maxtumqulidan KHAYga chapga burilish esa yopiq.
Kichik halqa avtomobil yo‘lidan Toshkent tibbiyot akademiyasi tomon chiqish esa endi yo‘l o‘tkazgich yonidan emas, balki undan oldinroq boshlanadi.
«Hudud piyodalar ehtiyojlarini inobatga olgan holda obodonlashtirilmoqda, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratildi», — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qirg‘izistonning O‘sh shahrida Lenin haykali buzib tashlandi
Jahon | 17:34
-
Kelajakka tikilgan sarmoya: Oltiariqda yangi maktab binosi foydalanishga topshirildi
O‘zbekiston | 17:00
-
Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari foydali qazilmalarini birgalikda izlashga kelishib oldi
Jahon | 16:51
-
AQSh sudi Harvard xalqaro talabalari uchun viza cheklovini vaqtincha to‘xtatdi
Jahon | 16:03
Mavzuga oid

21:45 / 28.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 30 maygacha yopiladi

18:07 / 22.05.2025
Toshkentdagi ko‘chalardan biri 24 maygacha yopildi

19:12 / 11.04.2025
Toshkentdagi yana bir ko‘cha vaqtincha yopiladi

07:21 / 26.04.2024