Sun’iy intellekt o‘zbek tilida shevada gapirishni boshladi
Aiphoria kompaniyasi O‘zbekistonda o‘zbek tilida tabiiy muloqot qila oladigan sun’iy intellekt (SI) agentlarini taqdim etdi.
Mazkur yechim nafaqat ko‘plab murakkab til va lingvistik to‘siqlarni yengdi, balki mahalliy talablarga moslashgan yuqori sifatli nutq texnologiyasini yaratishda muhim qadam bo‘ldi. Loyiha 2024 yilda Aiphoria kompaniyasi tomonidan O‘zbekistondagi yetakchi banklardan biri bilan hamkorlikda sun’iy intellektga asoslangan, to‘liq avtomatlashgan ovozli agentlar yaratish maqsadida boshlangan edi. Buning uchun bank mutaxassislaridan iborat jamoa tuzildi va jalb qilindi.
Loyiha doirasida o‘zbek tilidagi real muloqotlar — hududiy sheva, urg‘u va rus tili aralashgan holatlar — inobatga olinib, maxsus ovozni aniqlash (ASR), ovoz sintezi (Ts) va katta til modellari (LLM) asosidagi yechim ishlab chiqildi. Aniq nutqni tushunish tizimini ishlab chiqishda asosiy diqqat bankning call-markazi orqali jamlangan real, anonimlashtirilgan audio ma’lumotlarga qaratildi. Ochiq manbalar va real so‘rovlar asosida maxsus belgilash va normallashtirish ishlari olib borildi.
Belgilash jarayonida tilshunoslar, muharrirlar va call-markaz xodimlari ishtirok etdi. Ular yordamida 7000 dan ortiq normallashtirish qoidalari bazasi shakllantirildi. Leksikada bankka xos terminlar — masalan, “annuitet to‘lovlari”, “KATM” kabi atamalarga alohida e’tibor berildi.
Muloqotning real yechimiga erishish uchun aktrisalar tomonidan 100 soatdan ortiq turlicha uslubda o‘qilgan matnlar joylashtirilib, uch xil ovoz ohangi — do‘stona, neytral va qat’iy — turli muloqot vaziyatlari uchun yaratildi. So‘ngra neyron tarmoq asosidagi ovoz sintezi modellari tayyorlandi va call-markaz “veteranlari” tomonidan baholandi.
Natijada bankda Collection Agent kabi AI-xodimlar joriy etildi. Ushbu agent qo‘ng‘iroqlarning 40% gacha ulushini qayta ishlab, insonga nisbatan 10 barobar samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Bunday agent ish haqi talab qilmaydi, kasal bo‘lmaydi va har doim xizmatga tayyor. Eng muhimi, u yuqori samaradorlik bilan real muloqot qilish qobiliyatiga ega.
Bu loyiha nafaqat texnologik jihatdan yuqori darajadagi yechim, balki O‘zbekistonda sun’iy intellektni lokallashtirish bo‘yicha ilk muvaffaqiyatli tajribalardan biri sifatida tarixga kirishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari faqat o‘lim va halokat keltiradi» - Ukraina TIV Putinning so‘zlari haqida
Jahon | 01:59
-
Yevropa Ittifoqi Rossiya nefti narxining yuqori chegarasini pasaytirishdan bosh tortdi – OAV
Jahon | 01:30
-
«Tolibon» Rossiyaga minglab mehnat migrantini yuborishga kelishib oldi
Jahon | 00:59
-
AQSh Iordaniyaga F-22 qiruvchi samolyotlarini yubordi
Jahon | 00:40
Mavzuga oid

20:21 / 03.06.2025
Sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan dori o‘pka kasalligini davolashda samara ko‘rsatdi

17:40 / 24.05.2025
Sun’iy intellekt tobora kuchayib bormoqda, lekin ko‘proq xatoga yo‘l qo‘ymoqda – OAV

20:47 / 22.05.2025
AQSh gazetasi SI tomonidan o‘ylab topilgan soxta kitoblar ro‘yxatini chop etdi

17:15 / 08.05.2025