Madaniyat va san’at sohasidagi iqtidorli yoshlar rag‘batlantiriladi
Ijodkor yoshlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona platforma joriy etiladi hamda «ERP madaniyat» yagona boshqaruv tizimiga integratsiya qilinadi.

Foto: O‘zA
«Ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, madaniyat va san’at sohasida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida quyidagilar yo‘lga qo‘yiladi:
- ijodkor yoshlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi yagona platforma joriy etiladi hamda «ERP madaniyat» yagona boshqaruv tizimiga integratsiya qilinadi;
- madaniyat sohasida sun’iy intellektdan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha «Ijodiy texnolaboratoriya» tashkil etiladi;
- umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida «Ijodkor yoshlar klubi» faoliyati yo‘lga qo‘yiladi;
- «Madaniyat volontyorlari» ijtimoiy harakati faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, har yili jahonning kamida 4 nafar yetakchi mutaxassisi va taniqli san’atkori o‘quv jarayonlariga jalb etiladi hamda kamida 4 nafar ijodkor yoshlar xorijiy mamlakatlarga tajriba almashish uchun yuboriladi.
Madaniyat va san’at yo‘nalishidagi «Start-Up» loyihalari uchun BHM 100 baravarigacha miqdorida ijodiy grantlar ajratiladi.
2026 yildan Madaniyat vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan yillik kalendar-reja asosida yoshlar uchun tanlov va festivallar tashkil etiladi.
Tavsiya etamiz
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
Hozirda sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar o‘qishini qay tartibda davom ettiradi?
O‘zbekiston | 11:14 / 17.06.2025
Qo‘rquv, shok va sarosima: Eronda nimalar bo‘lmoqda?
Jahon | 19:57 / 16.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Transport vositalarini nogironligi bo‘lgan shaxslar ehtiyojiga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi
O‘zbekiston | 18:29
-
Prezident Yakkabog‘dagi «Yangi O‘zbekiston» massivini ko‘zdan kechirdi
O‘zbekiston | 18:17
-
Shamol siljishi tufayli bir necha samolyot Toshkentga qo‘nolmadi
O‘zbekiston | 18:13
-
Prezident Qarshidan Shahrisabzga poyezdda bordi va faollar bilan suhbatlashdi
O‘zbekiston | 18:10
Mavzuga oid

15:57 / 12.06.2025
Yaponiyada o‘zbekistonlik yoshlar tashkiliy ravishda ishga joylashtiriladi

15:52 / 15.05.2025
O‘zbekistonda “Harvardchilar maktabi” ochiladi

16:04 / 10.05.2025
Saida Mirziyoyeva bolalar uchun milliy kontent yaratuvchilarini qo‘llab-quvvatladi

10:54 / 24.03.2025