ChatGPT bilan muntazam muloqot xavfli oqibatlarga olib kelishi ma’lum qilindi
Psixologlar sun’iy intellekt bilan muloqot, ayniqsa, yoshlarga salbiy ta’sir qilishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.

Foto: Getty images
OpenAI va Massachusets texnologiya instituti tadqiqotchilari ChatGPT bilan muntazam muloqot qilish odamlar bilan kam suhbatlashishga va yolg‘izlik hissini kuchaytirishga olib kelishi mumkinligini aniqladi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Tajribalardan birida olimlar bir oy mobaynida ChatGPT’dan foydalanuvchi 1000 ga yaqin kishini kuzatdi. Ularga har kuni kamida besh daqiqa davomida chat-botning matnli yoki ovozli versiyasi bilan muloqot qilish taklif etildi.
Natijalar quyidagicha bo‘ldi:
- inson ChatGPT’dan qanchalik ko‘p foydalansa, unga shunchalik ko‘proq bog‘lanib qoladi;
- sun’iy intellektga bo‘lgan ishonchning yuqoriligi yolg‘izlik tuyg‘usi va texnologiyaga qaramlikni keltirib chiqaradi;
- botning ovozi hissiy bog‘liqlik darajasiga ta’sir ko‘rsatmaydi.
Ikkinchi tadqiqotda ChatGPT bilan olib borilgan 3 million suhbat o‘rganilib, so‘rovnoma o‘tkazildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, foydalanuvchilarning juda kam qismi sun’iy intellekt bilan muhim shaxsiy mavzularni muhokama qilgan.
2022 yilda ChatGPT ishga tushirilganidan beri generativ sun’iy intellektning ommaviyligi keskin oshdi. Dasturchilar muloqotni yanada tabiiyroq qiladigan ovozli funksiyalarni joriy etmoqda. Olimlarning fikricha, bu holat parasotsial aloqalarning shakllanishiga olib kelishi mumkin, bunda foydalanuvchi chat-botni jonli suhbatdosh sifatida qabul qiladi.
Psixologlar sun’iy intellekt bilan muloqotning, ayniqsa yoshlar va ruhiy qiyinchiliklarni boshdan kechirayotgan shaxslarga ta’siri haqida xavotir bildirmoqda. OpenAI bu masalani o‘rganishni davom ettirmoqda, biroq hozircha xulosa chiqarishga erta.
“Tadqiqotimiz ChatGPT’dan foydalanish bevosita yolg‘izlikni keltirib chiqarishini isbotlamaydi”, — deb ta’kidlaydi Massachusets texnologiya instituti aspiranti Keti Men’in Fang. “Biz sun’iy intellektdan faol foydalanadigan kishilar bilan uni ishlatmaydigan odamlarni taqqoslab ko‘rmadik”.
Chat-bot qaramlikka olib keladimi yoki yolg‘iz odamlar unga ko‘proq murojaat qiladimi, hozircha noma’lum.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Qurbon hayiti bilan tabrikladi
O‘zbekiston | 18:34
-
Tinch okeanida 3 mingta avtomobil ortilgan kema yonib ketdi
Jahon | 18:26
-
Tramp 48 soat ichida uch yetakchi bilan muloqotda muvaffaqiyatsizlikka uchradi – OAV
Jahon | 18:23
-
Toshkentda o‘zini IIV mansabdori sifati tanishtirib, pul undirmoqchi bo‘lgan advokat ushlandi
Jamiyat | 17:38
Mavzuga oid

19:01 / 03.06.2025
Microsoft 6 ming xodimini ishdan bo‘shatganidan keyin yuzlab ishchilarini qisqartirdi

14:40 / 02.06.2025
O‘zbekiston va Malayziya sun’iy intellekt bo‘yicha qo‘shma dasturlar tashkil etadi

19:53 / 28.05.2025
O‘zbekistonda sun’iy intellekt statistika to‘plash uchun odamlarga telefon qiladi

19:19 / 28.05.2025