Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIO xodimi qonuniy talabini bajarmaganlik uchun jarima miqdori oshiriladi
So‘nggi vaqtlarda ichki ishlar organlari (IIO) va Milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik holatlari ortgani ta’kidlanmoqda.

Foto: Milliy gvardiya
Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ayrim moddalariga o‘zgartirish kiritish haqidagi qonun ma’qullandi.
Qayd qilinishicha, so‘nggi vaqtlarda huquqbuzarlar tomonidan jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta’minlash borasida xizmat olib borayotgan IIO va Milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik holatlari ortgan. Xususan, 2021 yilda ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik bilan bog‘liq 56474 ta huquqbuzarlik qayd etilgan bo‘lsa, 2022 yilda 88401 ta, 2023 yilda 88988 ta, 2024 yilda 85278 tasi qayd etilgan.
Shu bois, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga quyidagicha o‘zgarishlar kiritilishi kutilmoqda:
- IIO va Milliy gvardiya xodimining qonuniy talablarini bajarmaganligi uchun BHM 5-12 baravari miqdorida jarima (amalda 1 baravari);
- xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan taqdirda BHM 12-30 baravari miqdorida jarima (amalda 15 baravari) yoki 15 sutkagacha muddatga ma’muriy qamoq.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullanib, imzolash uchun prezidentga yuborildi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi

18:45 / 30.06.2025
Jizzaxda «er kerak» reklama tadbirini uyushtirgan qizlar jarimaga tortildi

12:58 / 26.06.2025
Senat yadroviy zarar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilishni ma’qulladi

11:56 / 12.06.2025