Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
Shimoliy Koreyaning hukmron partiyasi markaziy qo‘mitasi mudofaa sanoati bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Ri Xyon Son yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida sodir bo‘lgan avariya tufayli hibsga olindi.

Foto: Maxar Technologies
Shimoliy Koreyada Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi mudofaa sanoati bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Ri Xyon Son yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida sodir bo‘lgan avariya tufayli hibsga olindi. 26 may, dushanba kuni KXDR markaziy axborot agentligining «adliya agentligi» tergov ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, amaldor «yirik hodisada aybdordir».
Ri Xyon Son rasman 22 may kuni sodir bo‘lgan voqea yuzasidan hibsga olingan to‘rtinchi shaxsdir. O‘shanda mamlakat rahbari Kim Chen Inning ko‘z o‘ngida 5000 tonnalik kema muvozanatini yo‘qotib, ag‘darilgan va suvda yonboshlab yotib qolgan. KXDR markaziy axborot agentligi xabariga ko‘ra, Kim Chen In voqeani mas’ul shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyat va mamlakat uchun sharmandalik deb atadi. U hodisada harbiy amaldorlar, olimlar va kemasozlik operatorlarini aybladi.
KXDR markaziy axborot agentligi 25 may, yakshanba kuni Shimoliy Koreyada Chongjin kemasozlik zavodining uch nafar xodimi hibsga olingani haqida xabar berdi, ular ham avariya uchun javobgar hisoblanadi. Ular orasida bosh muhandis, umumiy korpus yig‘ish sexi boshlig‘i va kemasozlik zavodining ma’muriy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari bor.
Mavzuga oid

12:31 / 30.05.2025
Rossiya Shimoliy Koreyaga havo mudofaa tizimlarini yetkazib beryapti - MSMT

23:49 / 29.05.2025
Putin urushdagi yordami uchun Kim Chen Inga nima sovg‘a qilgani ma’lum bo‘ldi

17:55 / 25.05.2025
KXDRda esminetsni suvga tushirishda yuz bergan avariya ishi bo‘yicha uch kishi hibsga olindi

20:05 / 22.05.2025