AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
U xitoyliklarga bazaviy stavkasi bo‘yicha qaror qabul qiladigan qo‘mitaning bozor bo‘yicha majlislariga oid ma’lumotlarni sotib kelgan bo‘lishi mumkin.

Foto: REUTERS
The Wall Street Journal Xitoy foydasiga josuslikda ayblanayotgan AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) sobiq iqtisodchisi Jon Rojyersga oid ish tafsilotlarini o‘rgandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2013 yilda Rojyers FZT forumida ishtirok etish uchun Shanxayga borgan. Tergov versiyasi bo‘yicha Xitoy maxsus xizmatlari agentlari aynan shu yerda birinchi marta u bilan aloqa o‘rnatgan.
O‘zini Xitoy oliy ta’lim muassasalaridan birining aspiranti deb tanishtirgan shaxs amerikalikka FZTni o‘rganayotgani va uning ishi haqida ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lmoqchi ekanini aytgan. Bir nechta uchrashuvdan keyin Rojyersga aspirant hisobidan Xitoyga tashrif buyurish taklifi berilgan. WSJ’ning qayd etishicha, buning oqibatida yuzaga kelgan voqealar zanjiri 2021 yilda Rojyersning FZTdan ketishiga, joriy yil yanvarda esa unga nisbatan josuslik ayblovi e’lon qilinishiga olib kelgan.
Tergovchilarning ma’lum qilishicha, Jon Rojyers xitoyliklarga FZTning ichki hisobotlariga oid ma’lumotlarni, jumladan, Federal zaxira tizimining bazaviy stavkasi bo‘yicha qaror qabul qiladigan qo‘mitasini bozor bo‘yicha majlislariga bog‘liq ma’lumotlarni pul evaziga taqdim etib kelgan. Federal tergov byurosi agentlarining tintuvi natijasida FZT sobiq xodimining Vashingtondagi kvartirasidan 50 ming dollarga yaqin pul topilgan. Ayblanuvchining ayoli bu pullar unga tegishli ekanini ta’kidlamoqda, Rojyersning o‘zi esa josuslik borasidagi ayblovlarni rad etyapti.
FZT sobiq iqtisodchisining advokatlari hukumatning ko‘plab aylovlari yetarlicha asosga ega emasligini bildirgan. Ta’kidlanishicha, Rojyersda pul-kredit siyosatiga ta’sir ko‘rsatadigan FZTning maxfiy ma’lumotlaridan foydalanish uchun ruxsat bo‘lmagan. Sobiq xodimga nisbatan sud ishi joriy yilda boshlanishi kerak. Agar Rojyers iqtisodiy josuslikda aybdor deb topilsa, u 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi
Jamiyat | 23:51 / 25.06.2025
-
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Jahon | 23:30 / 25.06.2025
-
Bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi, O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida kelishuv imzoladi, fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:58 / 25.06.2025
-
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi
Jahon | 22:45 / 25.06.2025
Mavzuga oid

18:21 / 25.06.2025
Eronda Isroil foydasiga josuslik qilishda ayblangan uch kishi qatl etildi

14:58 / 25.06.2025
Xitoy O‘zbekistonga eski mashina nomi ostida yangi mashinalar yetkazib bermoqda – OAV

14:55 / 24.06.2025
Xiaomi, Ugreen va Baseus xavfsizlik tahdidi tufayli pauerbanklarni qaytarib olishni boshladi

08:26 / 24.06.2025