Liverpulda haydovchi mashinasini futbol ishqibozlari ustiga haydadi
«Liverpul» klubi sharafiga tashkil etilgan paradga yig‘ilgan odamlarni mashina bosib ketdi. Politsiya xodimlari haydovchini qo‘lga oldi.

Foto: BBC
Liverpul shahrida avtomobil Angliya Premer-ligasida g‘alaba qozongan «Liverpul» klubi sharafiga tashkil etilgan paradga yig‘ilgan futbol ishqibozlarini bosib ketdi. Mashina haydovchisi qo‘lga olindi, deb yozadi BBC News.
Hozircha haydovchi buni nima sababdan amalga oshirgani va qurbonlar soni bo‘yicha rasmiy ma’lumot berilmadi. BBC kamida uch kishi jarohat olgani haqida yozmoqda. Halok bo‘lganlar to‘g‘risida ham hozircha hech narsa ma’lum emas.
Paradni derazadan turib kuzatgan guvohning Sky News’ga ma’lum qilishicha, yuz bergan voqeadan keyin parad ishtirokchilari mashinani ta’qib qilishni boshlagan, biroq politsiyachilar ularni orqaga chetlatgan.
«Liverpul» joriy mavsumda Premer-ligada muddatidan oldin g‘olib bo‘ldi — bu klubning 20-g‘alabasi hisoblanadi. Klub Angliya oliy futbol divizionida 2020 yildan beri birinchi marta chempion bo‘lmoqda. 25 may kuni jamoani taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tgandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevralida Myunxenda Mini Cooper rusumli avtomobil ish tashlagan bir guruh ishchilarni urib yuborgan va hodisa oqibatida kamida 28 kishi jabrlangan edi.
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston fuqarolari Isroil va Eronga safar qilishdan tiyilishga chaqirildi
O‘zbekiston | 14:35
-
Hafta boshida harorat +44 darajagacha ko‘tariladi
O‘zbekiston | 14:28
-
Misrdan Toshkentga gepatitga qarshi dorining navbatdagi partiyasi olib kelindi
O‘zbekiston | 14:11
-
Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh kemalariga hujumlar uyushtirish niyatida
Jahon | 14:08
Mavzuga oid

17:35 / 11.06.2025
Yetakchilarning futbolga tashrifi O‘zbekiston xalqiga katta hurmat - Sherzod Asadov

10:21 / 08.06.2025
Orzudagi mundial yo‘llanmasi va qonun ustuvorligida pasayish - hafta dayjesti

18:47 / 30.05.2025
Stadionda janjal «uyushtirgan» shou-biznes vakillariga ma’muriy bayonnoma tuzilib, ish sudga yuborildi - IIBB

11:00 / 27.05.2025