AQSh Moliya vazirligi Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi
Ilgari taqiqlangan operatsiyalarga, jumladan, yangi investitsiyalar, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish va Suriya nefti va neft mahsulotlari bilan bog‘liq operatsiyalarga ruxsat berildi.

Foto: Reuters
AQSh Moliya vazirligi 23 may kuni Suriyaga qarshi sanksiyalar yumshatilganini e’lon qildi. Chet el aktivlarini nazorat qilish idorasi (OFAC) Suriya sanksiyalaridan amalda voz kechiladigan 25-sonli (GL 25) bosh litsenziyani berdi.
GL 25 ilgari taqiqlangan operatsiyalarga, jumladan, yangi investitsiyalar, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish va Suriya nefti va neft mahsulotlari bilan bog‘liq operatsiyalarga ruxsat beradi. Sanksiyalarni yumshatish «birinchi navbatda Amerika» strategiyasining bir qismi bo‘lib, prezident Donald Trampning 13 maydagi Suriyaga qarshi sanksiyalarni to‘liq bekor qilish haqidagi e’loniga mos keladi.
Bunga parallel ravishda, AQSh Davlat departamenti Suriyadagi inson huquqlari buzilishida ishtirok etganlik uchun sanksiyalarni nazarda tutuvchi «Sezar qonuni»ni yumshatdi. Yangi mexanizm, rasmiylarga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyotini tiklashni qo‘llab-quvvatlash, xususiy kapital oqimini rag‘batlantirish va barqarorlikni mustahkamlashga yordam berish uchun ishlab chiqilgan.
«Prezident Tramp va’da qilganidek, AQSh Moliya vazirligi va Davlat departamenti Suriyaga sarmoya kiritishni rag‘batlantiruvchi ruxsatnomalarni joriy qilmoqda. Bugungi qadamlar mamlakatni tinchlik va farovonlik yo‘liga olib chiqishga qaratilgan», dedi AQSh moliya vaziri Skott Bessent.
Bayonotda, shuningdek, sanksiyalarning yengilligi terrorchi tashkilotlarga, harbiy jinoyatlar sodir etganlarga, shuningdek, Bashar Asad sobiq rejimining asosiy ittifoqchilari bo‘lgan Rossiya, KXDR va Eronga taalluqli emasligi ta’kidlangan.
Qo‘shma Shtatlar «Asad rejimining shafqatsizligi» o‘tmishda qolib ketganini ta’kidlab, o‘z xalqi va qo‘shnilari uchun birlashgan, barqaror va xavfsiz yangi Suriyani qurishga chaqirdi.
Tavsiya etamiz
🔴 LIVE: OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir
O‘zbekiston | 10:25 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
Yoz jaziramasi davom etadi: 10 kunlik ob-havo prognozi
O‘zbekiston | 17:56 / 20.06.2025
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?
Jamiyat | 21:46 / 19.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Otasi tomonidan O‘zbekistonga olib kelingan 4 yoshli qiz Rossiyadagi onasiga qaytarildi
Jamiyat | 23:51 / 25.06.2025
-
Ispaniya sohillaridan qo‘l-oyoqlari bog‘langan besh kishining jasadi topildi
Jahon | 23:30 / 25.06.2025
-
Bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi, O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida kelishuv imzoladi, fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:58 / 25.06.2025
-
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi
Jahon | 22:45 / 25.06.2025
Mavzuga oid

22:45 / 25.06.2025
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi

20:59 / 25.06.2025
Isroil–Eron urushi: xulosalar

20:46 / 25.06.2025
Eron o‘z yadroviy inshootlari jiddiy shikastlanganini tan oldi

19:52 / 25.06.2025