O‘zbekiston prezidenti Sloveniyaga tashrifini yakunladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Sloveniyaga rasmiy tashrifi yakuniga yetdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
So‘nggi 20 yil ichida birinchi O‘zbekiston-Sloveniya sammiti ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi bosqichni boshlab berdi.
Tashrif doirasida Sloveniya prezidenti Natasha Pirs Musar, bosh vaziri Robert Golob va Milliy assambleyasi raisi Urshka Klakochar-Zupanchich bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar siyosat, iqtisodiyot, investitsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, ekologiya, madaniyat, turizm va ta’lim sohalarini qamrab olgan keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildilar.
Qo‘shma bayonot, shuningdek, ustuvor yo‘nalishlarda erishilgan kelishuvlarni mustahkamlab qo‘ygan hukumatlararo va idoralararo bitimlarning salmoqli to‘plami qabul qilindi.
Tashrif yakunida davlat rahbarlari va ikki mamlakatning 100 ga yaqin yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida O‘zbekiston-Sloveniya biznes forumi bo‘lib o‘tdi.
Lyublyana xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni ichki ishlar vaziri Boshtyan Poklukar va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi. Davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.
Mavzuga oid

17:35
Yetakchilarning futbolga tashrifi O‘zbekiston xalqiga katta hurmat - Sherzod Asadov

16:09
Prezident ETTB, BAA va Lombardiya bilan hamkorlikning ustuvor masalalarini muhokama qildi

14:44
“Ortga qaytmas islohotlarimizni izchil davom ettiramiz” - Shavkat Mirziyoyev investorlar bilan uchrashdi

10:38