Amazoniya hindular qabilasi tuhmat uchun The New York Times gazetasini sudga berdi
Gazeta marubo qabilasi hayoti haqida tuhmatga asoslangan maqola chop etganlikda ayblamoqda. Da’vogarlar suddan 100 mln dollar jarima undirib berishni talab qilyapti.

Foto: The New York Times
Braziliyadagi Amazoniya o‘rmonlarida yashovchi hindularning marubo qabilasi The New York Times (NYT) gazetasi, TMZ tabloidi va Yahoo portali ustidan Los-Anjyeles sudiga da’vo arizasi kiritdi, deb xabar beradi Courthouse News Service.
Da’vogalar ushbu OAVni marubo qabilasi hayoti haqida tuhmatga asoslangan maqolalar chop etganlikda ayblamoqda. Ular e’lon qilgan materiallarda qabila yoshlari sun’iy yo‘ldosh internetiga ulanish ortidan «pornografiyaga ruju qo‘ygani» ta’kidlangan. Da’vogarlar suddan javobgarlar zimmasiga 180 million AQSh dollari miqdorida, shundan 100 millioni jarima sifatida tovon to‘lash majburiyatini yuklashni so‘ramoqda.
Da’vo arizasiga 2024 yilda The New York Times nashrida jurnalist Jyek Nikas tomonidan chop etilgan maqola turtki bo‘lgan. Nikas marubo qabilasi yashaydigan hududga yetib borish uchun taxminan 80 kilometr masofani piyoda bosib o‘tgan. Uning vazifasi Starlink internet tarmog‘iga ulanish uchun 20 ta terminal sovg‘a qilingandan ikki yil o‘tib, qabilaning kundalik hayoti qanday o‘zgarganini yoritish edi.
Maqolada Nikas yozishicha, endi bu qabila ham AQSh oilalarini yillar davomida qiynagan muammolarga duch kelmoqda: o‘smirlar telefonni qo‘ldan qo‘ymaydi, kattalar guruhli chatlarda g‘iybat qiladi, ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo‘lib qolishgan, begona odamlar bilan onlayn muloqot qilishadi, zo‘ravonlikka asoslangan videoo‘yinlar o‘ynashadi, voyaga yetmaganlar esa pornografik materiallarni tomosha qilishmoqda. Ushbu maqola keng tarqalib, TMZ va Yahoo kabi OAV tomonidan qayta chop etilgan.
Marubo qabilasi va Braziliyadagi faollar noroziligi ortidan NYT maqolaga raddiya e’lon qilishga majbur bo‘lgandi. Raddiya «Yo‘q, Amazoniya qabilasi pornografiyaga qaram bo‘lib qolmadi» sarlavhasi ostida chop etilgan. Shunga qaramay, NYT o‘zining dastlabki maqolasi haqoratli bo‘lmaganini ta’kidlagan va sudda o‘z pozitsiyasini himoya qilish niyatida.
Tavsiya etamiz
“O‘rgimchak to‘ri”: Ukraina qo‘lidagi kartalardan birini ochdi
Jahon | 21:12 / 04.06.2025
Dunyoda faqat bir mamlakat o‘zini oziq-ovqat bilan to‘liq ta’minlashi ma’lum bo‘ldi
Jahon | 18:47 / 04.06.2025
Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi
Jahon | 21:25 / 03.06.2025
Urushlar endi o‘zgacha: «O‘rgimchak to‘ri» operatsiyasi haqida
Jahon | 22:27 / 02.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Kreml: Ukraina bilan muzokaralar yangi bosqichi memorandumlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng kelishiladi
Jahon | 14:25
-
Qozog‘iston va O‘zbekiston bolalar saratoni bo‘yicha akademik markaz tashkil qiladi
O‘zbekiston | 14:03
-
Hindistonda kuchli yomg‘ir 44 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Jahon | 13:35
-
2 mlndan ortiq O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadda chet elga safar qildi
Jamiyat | 13:27
Mavzuga oid

22:52 / 24.12.2024
Braziliyada ilgari hech qachon qayd etilmagan hindular qabilasi aniqlandi

02:44 / 13.10.2021
Braziliya prezidenti insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblandi

20:21 / 13.08.2020
Amazoniyada oxirgi 10 yil ichidagi rekord sondagi yong‘inlar qayd qilindi

08:46 / 28.08.2019