Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amazoniyada oxirgi 10 yil ichidagi rekord sondagi yong‘inlar qayd qilindi

Foto: Reuters
Amazoniyada avgustning 10 kuni davomida oxirgi 10 yil ichidagi rekord sondagi yong‘inlar qayd qilindi. Bu haqda Greenpeace tabiatni muhofaza qilish tashkiloti ma'lum qildi.
Greenpeace ma'lumotlariga ko‘ra, sun'iy yo‘ldoshdan olingan suratlarda Amazoniyada 10136 ta yong‘in o‘chog‘ini ko‘rish mumkin. Bundan ko‘proq yong‘in o‘choqlari 2010 yilda qayd qilingan va ularning soni 11280 tani tashkil qilgan.
Greenpeace’da ta'kidlanishicha, odatdagidan quruqroq ob-havo sababli Amazoniya o‘rmonlari – selvalarda 2019 yil avgustidagi kabi ko‘p sonli yong‘inlar bo‘lishi mumkin. Tashkilotda Amazoniya o‘rmonlari shuningdek Braziliya hukumatining ma'qullovi bilan yo‘q qilinayotgani ta'kidlab o‘tildi.
Muammo o‘rmonlarning beayov kesilishi bilan keskinlashgan. Amazoniyaning inson va atrof-muhit instituti (Imazon) ma'lumotlariga ko‘ra, oxirgi yil ichida Amazoniya 6536 kvadrat kilometr o‘rmondan mahrum bo‘lgan, bu ko‘rsatkich bir yil avvalgiga nisbatan 29 foiz ko‘proqni tashkil qilgan. 2020 yil iyul oyining o‘zida 1147 kvadrat kilometr o‘rmon kesilgan. O‘rmon kesilishining 70 foizga yaqini noqonuniy amalga oshirilgan.
2019 yilning yanvaridan avgustigacha Amazoniya selvalarining 1 mln 800 ming gektardan ko‘prog‘i yonib ketgan. Amazoniyaning tropik o‘rmonlari dunyodagi eng yirik o‘rmonlar hisoblanib, ularda sayyoramizdagi butun kislorodning 20 foizi ishlab chiqariladi.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanidagi «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga tashrif buyurdi
O‘zbekiston | 20:35
-
Yevropa komissiyasi Ukrainani qayta tiklash jamg‘armasi tashkil etilishini e’lon qildi
Jahon | 20:32
-
Olmaotada o‘zbekistonliklar halok bo‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha sud hukmi chiqarildi
Jahon | 20:30
-
Keyingi qadam – tinchlikmi? Aliyev va Pashinyan nima haqda kelishib oldi?
Jahon | 20:23
Mavzuga oid

20:30
Olmaotada o‘zbekistonliklar halok bo‘lgan hosteldagi yong‘in bo‘yicha sud hukmi chiqarildi

13:31
Maxtumquli ko‘chasida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi

13:20 / 09.07.2025
Ispaniya va Fransiyada o‘rmon yong‘inlari avj oldi

14:47 / 07.07.2025