Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tinchlikparvar prezident sifatida kelgan Tramp yangi urush boshladi» - Medvedev
RF Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari dunyoning qator davlatlari Eronga «bevosita yadroviy jangovar komplektlarini berishga tayyorligi»ni ma’lum qildi.

Foto: RIA Novosti
Donald Tramp Eronning yadro obektlariga zarba berishni buyurib, «AQShni yangi mojaroga tortdi». Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.
«Tinchlikparvar prezident sifatida kelgan Tramp yangi urush boshladi», — deb yozadi u o‘zining Telegram kanaliga.
Medvedevning ta’kidlashicha, «dunyoning mutlaqo katta qismi Isroil va AQSh harakatlariga qarshi», ayrim davlatlar hatto «Eronga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zining yadroviy jangovar komplektlarini yetkazib berishga tayyor». Shu bilan birga, Medvedov ular orasida Eronning «strategik sherigi» hisoblanuvchi Rossiya bor yoki yo‘qligiga aniqlik kiritmagan.
Medvedev, shuningdek, amerikaliklarning zarbasi jiddiy zarar yetkazmagani, ammo eronliklarni oyatulloh rejimi atrofida jipslashtirgani va endi Tehron aniq yadroviy qurolni yaratishiga ishonch bildirdi. «Bunday muvaffaqiyat bilan Trampga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti nasib etmaydi… Yaxshi boshlanish, tabriklayman, janob prezident!» — deb yozadi u.
AQSh Eron yadro obektlarini yo‘q qilish uchun Isroilga qo‘shildi va 22 iyunga o‘tar kechasi Natanz, Isfahon va Fordodagi muhim zavodlarga zarbalar berdi. Tramp operatsiya muvaffaqiyatli o‘tganini e’lon qildi. Shu bilan birga, AQSh prezidenti Tehronni «zudlik bilan» yadroviy bitimni tuzishga chaqirib, aks holda yangi zarbalarni amalga oshirish bilan tahdid qildi.
Bunga javoban Eron Atom energiyasi agentligi sodir bo‘lgan hodisaga qaramay, uranni boyitish bo‘yicha o‘z dasturini davom ettirishini ma’lum qildi. Shuningdek, Eron dunyo hamjamiyatini AQShni qoralashga va BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishga chaqirdi. Eron TIV rahbari Abbos Arag‘chi Vashingtonni tashkilot xalqaro nizomi va xalqaro huquqni buzishda aybladi.
Hujumga uchragan uchta obekt tashqarisida radiatsiya darajasi oshgani qayd etilmagan bo‘lsada, MAGATE rahbari Rafael Grossi 23 iyun kuniga agentlik rahbariyatining favqulodda yig‘ilishini chaqirdi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Toshkentda Lacetti haydovchisi Cobalt’ga “dubinka” bilan hujum qildi
Jamiyat | 10:37
-
Toshkent propiskasining ochilishi, avtoterroristlarga chora va poraxo‘rlik “xit-paradi” - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 10:00
-
Toshkentda 7 bola cho‘kishi ikki oy davomida turli kunlarda ro‘y bergan
Jamiyat | 09:42
Mavzuga oid

20:08 / 12.07.2025
Putin Eronga uranni boyitishni to‘liq to‘xtatishni taklif qildi – OAV

18:13 / 12.07.2025
Tramp 1 avgustdan Yevropa Ittifoqi tovarlariga 30 foizlik boj joriy qildi

09:34 / 12.07.2025
Zelenskiy: AQShdan Ukrainaga qurol yetkazib berish qayta tiklandi

08:17 / 12.07.2025