Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fordodagi uran AQSh hujumidan oldin boshqa joyga ko‘chirilgan – OAV
Washington Post nashri sun’iy yo‘ldosh tasvirlari va tahlillarga tayanib, AQSh zarbalaridan uch kun avval Eronning Fordo yadro inshooti yaqinida g‘ayrioddiy faoliyat kuzatilganini qayd etdi. Eron OAVlari esa Fordodagi boyitilgan uranning katta qismi avvalroq boshqa joyga ko‘chirib yuborilganini yozdi.

Foto: Maxar Technologies/AFP/Getty Images
AQSh zarbasidan ikki kun avval Fordo yadro yoqilg‘isini boyitish majmuasi atrofida sun’iy yo‘ldosh tasvirlari «g‘ayrioddiy yuk mashinalari harakatini» qayd etgan. Bu haqda Maxar Technologies sun’iy yo‘ldosh kompaniyasi tasvirlariga tayanib Washington Post ma’lum qildi.
Xususan, 19 iyun kuni yer osti harbiy majmua tomon olib boruvchi yo‘lda 16 ta yuk mashinasi kuzatilgan. 20 iyundagi tasvirlarda ularning aksariyati obekt markazidan taxminan 1 km shimol-g‘arbga ko‘chirilgani ko‘rsatilgan. Obekt kirish qismida esa buldozerlar va boshqa yuk mashinalari ham joylashtirilgan.
Londondagi Open Source Centre tahliliga ko‘ra, Eron bu inshootni bo‘lajak zarbaga tayyorlayotgan bo‘lishi mumkin edi. Bu harakatlar AQShning Fordoga bergan aviazarbasi oldidan ehtiyotkor harbiy-texnik choralar bo‘lganiga ishora qilmoqda.
Eronning Mehr axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, Fordodagi boyitilgan uranning katta qismi AQSh hujumidan avvalroq boshqa joyga ko‘chirib yuborilgan.
«Uran qayerga ko‘chirilgani aniq aytilmagan. Manbalar bu harakatni AQSh zarbasi xavfi ortib borayotgan paytda amalga oshirilgan ehtiyot chorasi sifatida izohlamoqda», deyiladi agentlik Tehron rasmiylariga tayanib tarqatgan xabarida.
Shuningdek, agentlik Fordodan tashqari zarba berilgan Isxafon va Natanzda ham hayot «odatdagidek davom etayotgani»ni xabar berdi.
«AQShning kecha uyushtirgan hujumi yangilik emas, chunki ayni shu yadroviy obektlar o‘tgan haftada ham nishonga olingan edi. Albatta, Atom energiyasi tashkiloti zararning tafsilotlarini e’lon qilishi kerak.
Isfahon viloyati va hujumlar bo‘lgan shaharlar hayoti odatdagidek davom etmoqda. Kecha eshitilgan tovushlar ilgari ham mudofaa amaliyotlari yoki ayrim zarbalar paytida eshitilib turgan edi. Yangi narsa sezilmadi. Isfahon va Natanz shaharlarida hayot o‘z me’yorida kechmoqda,» degan Isfahon viloyati vakillari assambleyasi rahbari Xojatulislam Muhammad Taqiy.
Tavsiya etamiz
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin
O‘zbekiston | 19:46 / 07.07.2025
Fermerlar yana sinov qarshisida: moratoriylar nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 16:39 / 07.07.2025
2025 yilgi iyun ekstremal quruq oy bo‘ldi – O‘zgidromet
O‘zbekiston | 15:03 / 07.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi bekor qilindi
Jahon | 18:03
-
Tayvanda Xitoyning ehtimoliy hujumiga qarshi tarixdagi eng katta harbiy mashqlar boshlandi
Jahon | 17:44
-
Turkiyada Erdo‘g‘anni haqorat qilgani uchun Grok sun’iy intellekti bloklandi
Jahon | 17:42
-
Issiq havo Yevropada o‘lim holatlari sonini uch baravarga oshirdi
Jahon | 17:41
Mavzuga oid

18:03
AQSh aeroportlarida tekshiruvdan o‘tishda poyabzal yechish talabi bekor qilindi

13:56
Tramp mis importiga 50 foizlik bojlar haqida ma’lum qildi

13:11
WSJ: Tramp Kiyevga yana bir Patriot tizimini berish haqida o‘ylamoqda

13:05