“Tabiiy, innovatsion, transformativ” – yaponlar o‘zbek pavilioniga qanday ta’rif bermoqda?
Kun.uz “Expo 2025 Osaka”da taqdim etilgan o‘zbek milliy pavilioniga borib, unga tashrif buyuruvchilarning fikri bilan qiziqdi. Pavilion xodimlariga ko‘ra, kuniga kamida 6-7 guruh odamlar tomosha qilgani kelmoqda va har bir guruhda 40-45 kishi bo‘ladi. “Baland-baland ustunlar darhol e’tiborimizni tortyapti”, deydi yaponlar.

“Expo 2025 Osaka”dagi O‘zbekiston pavilioni “Bilimlar bog‘i: kelajak jamiyati laboratoriyasi” nomi ostida taqdim etildi. O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi bu pavilionni loyihalashtirish uchun mashhur nemis kompaniyasi “Atelier Bruckner”ni tanladi. Ko‘rgazma uchun turli yapon bog‘laridan 250 dan ortiq ustunlar olib kelingan va “Bilimlar bog‘i” yaratilgan.
Pavilionga kiraverish qavati – yer ostini anglatadi va tuproq, suvni gavdalantiruvchi illyuziyalar bilan ishlangan. Bu galgi ko‘rgazmada O‘zbekiston nafaqat tarixi, balki bugun hamda kelajak rejalarini ham ko‘rsatishga urindi. Masalan, ekologik omillar, energetik muammolarni bartaraf qilish uchun yashil yechimlar maketlari, sun’iy idrok va raqamlashtirishni anglatuvchi sxemalar paviliondan o‘rin olgan. “Afrosiyob” poyezdi harakatlanayotgani orqali o‘zbek dalalari, tabiati raqamli tarzda ko‘rsatiladi.
Ko‘rgazmaning eng qiziq qismi 360 darajali multimedia sayohatidir. 3 daqiqadan sal ko‘proq vaqt ichida video va ovozli manzaralar mehmonlarga O‘zbekistonni tasvirlashi, ko‘rgazmadagi keyingi bosqich “Bilimlar bog‘i”ga chiqishga tayyorlashi lozim. Innovatsion dizayndagi ushbu harakatlanuvchi platforma sabab ham o‘zbek milliy pavilioni butun ko‘rgazmada eng noyoblaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Tashrif buyuruvchilar “Bilimlar bog‘i” tomi ochiq ayvoniga ko‘tarilar ekan, Xivadagi tarixiy Juma masjidiga o‘xshatib qurilgan o‘rmonga chiqqandek bo‘lishadi. Bu yerdagi 250 dan ortiq ustunlar esa qurilishida ishlatilgan yog‘ochning kelib chiqishi qaysi yapon bog‘iga borib taqalishini kuzatish imkonini beruvchi yaqin masofa aloqasi (NFC) belgilari bilan jihozlangan.
Kun.uz pavilionga tashrif buyurganlar fikrini o‘rganarkan, ko‘pchilik bu ko‘rgazmaga “tabiiy”, “ajoyib”, “innovatsion”, “transformativ”, “kelajak tabiati” degan bir-biriga yaqin ta’riflarni berdi. O‘zbek milliy pavilioni asosiy kirish qismdan uncha uzoq bo‘lmagani uchun tez tashrif buyuruvchilar e’tiboriga tushmoqda.
Shohrux Majidzoda tayyorladi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyalik bokschi chempionlik unvoni uchun jangdan so‘ng xotirasini yo‘qotdi
Sport | 22:13
-
«Rus askari qadami yetgan joylar bizniki» - Putin xalqaro forumda nutq so‘zladi
Jahon | 21:34
-
ChatGPT yangi versiyalari biologik qurol yaratishni soddalashtirishi mumkin
Fan-texnika | 21:08
-
Yevropa davlatlari Eron bilan Isroilni tinchlantirishga harakat qiladi
Jahon | 20:25
Mavzuga oid

22:13
Yaponiyalik bokschi chempionlik unvoni uchun jangdan so‘ng xotirasini yo‘qotdi

11:09 / 14.06.2025
Yaponiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

15:57 / 12.06.2025
Yaponiyada o‘zbekistonlik yoshlar tashkiliy ravishda ishga joylashtiriladi

23:50 / 08.06.2025