Bolalar saratoni bo‘yicha xalqaro akademik xab tashkil etiladi
«2025–2030 yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Foto: Getty images
Qarorga ko‘ra, 2025–2030 yillarda O‘zbekistonda bolalar saratoniga qarshi kurashishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- bolalar saratonini erta bosqichlarda aniqlash holatlari ulushini 65 foizgacha oshirish;
- onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalarning 1 yillik yashovchanligini 34 foizdan 90 foizgacha, 5 yillik yashovchanligini esa kamida 60 foizgacha oshirish;
- saraton kasalligiga chalingan bolalarni 100 foiz ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam bilan qamrab olish.
2025–2030 yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasi (Strategiya) ishlab chiqildi.
Farmon bilan 2025–2026 yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Strategiyani joriy etish loyihasi 2025–2026 yillarda Samarqand shahri va Ishtixon tumanidagi tibbiyot muassasalari bazasida amalga oshiriladi hamda kelgusida zarur shart-sharoitlar yaratilishiga qarab mamlakatning boshqa hududlariga parallel ravishda kengaytiriladi.
Qarorga ko‘ra, 2025 yil 1 iyulgacha «Elektron sog‘liqni saqlash» axborot tizimida onkologik va onkogematologik kasalliklarga chalingan bolalarni ro‘yxatga olish, tashxislash, davolash, dispanser kuzatuvi hamda yo‘naltirish jarayonlarini o‘z ichiga olgan bemorlarning raqamlashtirilgan marshruti joriy etiladi.
Bunda shifokor qabuliga masofadan yozilish hamda onlayn konsultatsiyalar o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.
2025 yil yakunigacha Strategiyani joriy etish loyihasini amalga oshirish doirasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi.
Bolalar onkologiyasi, gematologiyasi va immunologiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzurida Bolalar saratoni bo‘yicha xalqaro akademik xab tashkil etiladi.
Akademik xab ilmiy-ta’lim muassasasi hisoblanadi hamda unga quyidagi asosiy vazifalar yuklatiladi, jumladan:
- xalqaro sertifikatlashtirish va uzluksiz tibbiy ta’lim tizimi bo‘yicha ballar to‘plash standartlariga mos keladigan xalqaro ta’lim dasturlarini joriy etish;
- strategik rejalashtirish va profilaktik chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun bolalar saratoni bilan kasallanishning epidemiologik tendensiyalarini tahlil qilish va prognozlash.
Tavsiya etamiz
Urush boshlandi, Netanyahu eronliklarni isyonga chorladi – hafta dayjesti
Jahon | 20:41 / 15.06.2025
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

14:03 / 06.06.2025
Qozog‘iston va O‘zbekiston bolalar saratoni bo‘yicha akademik markaz tashkil qiladi

18:18 / 23.05.2025
Ijtimoiy tarmoqlar o‘smirlarda depressiyani kuchaytirishi isbotlandi

18:26 / 16.05.2025
Olimlar og‘ir bemor chaqaloq hayotini DNK tahriri orqali saqlab qoldi

20:13 / 29.04.2025